Qo’shma Shtatlar Suriya muxolifatiga 60 million dollarlik tezkor yordam, jumladan, oziq-ovqat, dori-darmon va noharbiy madad jo’natmoqda. Davlat kotibi Jon Kerri bu haqda bugun Rimda, Suriya oppozitsiyasini yoqlovchi davlatlar majlisida e’lon qildi.
Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, xalqaro jamoatchilik Suriya oppozitsiyasi bilan ishlash qarorida qat’iy. Tinchlikka erishish - ustuvor maqsad, deydi rasmiy.
Your browser doesn’t support HTML5
Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, xalqaro jamoatchilik Suriya oppozitsiyasi bilan ishlash qarorida qat’iy. Tinchlikka erishish - ustuvor maqsad, deydi rasmiy.
“Suriya ahlinining qonuniy namoyandalari ular. Bundan farqli ravishda, prezident Bashar al-Assad xalq nomidan so’zlash maqomini qo’ldan boy berib bo’lgan. Assad hukumatdan ketishi kerak”, - deydi AQSh tashqi ishlar vaziri.
Kerrining aytishicha, Assad ma’muriyati zulmni oshirib borayapti va u boshqaruvda qolsa, suriyaliklar ozod, bexatar va adolatli jamiyat haqidagi orzusiga yetishi gumon. “Ziddiyatga astoydil yechim izlayapmiz”, - deydi u.
Suriyadagi ikki yillik urush taxminan 70 ming odamni hayotdan olib ketdi.
Shu paytgacha Qo’shma Shtatlar oppozitsiyaga aloqa vositalarini yetkazib keldi. Obama ma’muriyati harbiy madad jo’natishga ikkilanib, bu aslaha radikal kuchlar qo’liga tushib qolishidan xavotirda edi.
Biroq so’nggi xabarlarga ko’ra, Amerika Suriya muxolif guruhlarini mudofaa jihozlari, xususan, zirxlangan transport, trening va insonparvarlik ko’magi bilan ta’minlashga tayyor.
Senator Jon Makkeyn Qo’shma Shtatlar ancha oldin faolroq pozitsiya bilan chiqishi kerak edi, deb keladi. U noharbiy madad jo’natish qarorini qo’llab-quvvatlamoqda, lekin isyonchilar ko’proq ko’makka muhtoj, deydi.
“Suriyada xavfsiz zonalarni tashkil etish zarur. Qo’zg’olonchi kuchlarga qurol-aslaha uzataylik, har jihatdan yoqlaylik”, - deydi Makkeyn.
...chetda qo’l qovushtirib turishimiz, Suriyadagi urush o’z-o’zidan hal bo’ladi, deb ikki yildan beri ekranga tikilishdan boshqasiga yaramayotganimiz – bu undanda qo’rqinchli.
Biroq muxolifatga harbiy yordam berish bilan ziddiyat yanada alanga oladi va butun mintaqani domiga tortadi, degan xavotir yo’q emas. Tahlilchi Jon Payk nazarida Qo’shma Shtatlar isyonchilar safida bosiqlikni, mintaqada tinchlikni targ’ib qilishi lozim.
“Gumanitar madad yomon qo’llarga tushib qolishidan qo’rqaman, albatta. Suriyaning kimyoviy qurollariga nima bo’ladi, deb o’ylanaman. Lekin chetda qo’l qovushtirib turishimiz, Suriyadagi urush o’z-o’zidan hal bo’ladi, deb ikki yildan beri ekranga tikilishdan boshqasiga yaramayotganimiz – bu undanda qo’rqinchli”, - deydi ekspert.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari o’tgan hafta Suriyaga qarshi qurol-aslaha embargosini oshirishga kelishib oldi. Lekin aholini himoya qilish uchun noharbiy madad ta’minlash masalasi ochiq qoldi.