AQSh davlat kotibi Jon Kerri Parijda Arab Ligasi rasmiylari bilan uchrashdi. Uning aytishicha, Suriyaga zarba berish taklifini qo’llab-quvvatlayotgan davlatlar soni oshmoqda.
Kerri Fransiya tashqi ishlar vaziri Loren Fabius bilan ham Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Undan oldin esa Litvada bo’lib, yevropalik hamkasblari bilan fikr almashgan.
Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo’yicha mas’ul rasmiysi Ketrin Eshton Suriyada kimyoviy qurol qo’llanganini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, dedi, biroq harbiy hujum haqida indamadi.
Eshton nazarida ittifoq masalaning BMT orqali hal etilishini istaydi. Suriyada taftish qilgan BMT inspektorlari xulosasi ma’lum bo’lmasidan oldin harbiy harakatlarga qarshimiz, dedi u.
Kerrining aytishicha, qit’adagi ayrim davlatlar harbiy amaliyotni yoqlamasa-da, Suriya hukumatiga qarshi pozitsiyasini qattiq bildirgan.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, parlament Suriya prezidenti Bashar Assad hukumatiga qarshi harbiy kuch ishlatishni man qilgan bo’lsa-da, Suriyada kimyoviy qurol qo’llanganiga nisbatan qattiq chora ko’rilishi lozim. 21-asrning bu qabohatiga qarshi kurashish kerak, dedi Xeyg.
Britaniya vaziri AQShning Suriyani havodan nishonga olish rejasini qo’llab-quvvatlashini bildirdi.
Prezident Barak Obama Sankt-Peterburgda o’tgan Katta Yigirmalik sammitida yirik davlatlar rahbarlari bilan uchrashib, Suriya masalasida ularni o’z tomoniga o’gdirishga harakat qildi.
Fransiya, Turkiya va ayrim mamlakatlar zarba rejasini ma’qulladi, ammo Rossiya, Xitoy, Hindiston, Argentina bunga qat’iyan qarshi ekanini aytdi.
Seshanba kuni Obama televideniye orqali Amerika xalqiga murojaat qilib, o’z qarashlarini ifoda etadi. Biroq ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, amerikaliklarning aksariyati yana bir urushga qarshi.
Kongressda masala shu kunlarda ovozga qo’yiladi. Qonunchilarning aksariyati bir qarorga kelmagan hali.
Kerrining aytishicha, Qo'shma Shtatlar Suriya fuqarolik urushiga aralashishni istamaydi, biroq cheklangan havo hujumi bilan kimyoviy qurollarning qayta qo'llanilish ehtimolining oldini olish kerak.
AQSh nazarida zarin gazini Damashq yaqinida aholiga qarshi aynan hukumat kuchlari ishlatgan. 21-avgustda ro'y bergan voqeada 1400 dan ziyod odam o'lgan, 426 nafari bolalar.
Kerriga ko'ra, Obama ma'muriyati buni tasdiqlovchi video tasvirni qonunchilar va jamoatchilikka ko'rsatib, ularni hujum rejasini qo'llab-quvvatlashga da'vat etmoqda.
Assad hukumati bu ayblovlarni inkor etmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, bu Assadga qarshi kurashayotgan isyonchilarning ishi.
Germaniya matbuotining nemis razvedkasidan olingan ma'lumotga tayanib xabar berishicha, Suriya harbiylari to'rt oy davomida prezident Assaddan kimyoviy qurolni ishga solishni so'ragan, ammo doim rad javobini olgan.
"Assad shaxsan hujumga mas'ul bo'lmasligi mumkin", deya xulosa qiladi Germaniya razvedkasi.
Dushanba va seshanba kunlari AQSh Kongressida razvedka ma'lumotlari tahlil qilinadi. Kerri ham shu majlislarda ishtirok etadi.