Davlat kotibi Jon Kerri bugun Parijda Qatar tashqi ishlar vaziri Xolid al-Attiya bilan ko'rishib, Suriya taqdirini muhokama qildi.
Amerika bosh diplomati so'ng Londonga jo'nab, Suriyaning do'stlari nomli guruh bilan majlis qiladi. Anjumanda Suriya muxolifati vakillari qatnashishi kutilayapti.
Jahon hamjamiyati uch yildan beri tinmayotgan urushga yechim izlab, ham oppozitsiya, ham hukumatni bir davraga to'plashga urinib keladi. Ushbu anjuman qayerda va qachon o'tishi borasida esa tomonlar hech kelisha olmayapti.
BMT va Arab Ligasining Suriya bo'yicha mas'ul vakili Laxdar Braximiy bugun Bag'dodda qilgan chiqishida ahvolni g'oyat og'ir deya ta'rifladi.
"Suriya mojarosi juda jiddiy, nafaqat bu o'lka, balki mintaqa va dunyo ahli uchun asorati qo'rqinchli bo'ladi. Menimcha, barcha bu masalada hamfikr - Suriya urushi bugun jahondagi eng qonli muammo. Butun dunyo tinchligini buzib yuborishga qodir bir tanazzul. Suriya xalqiga yordam berishga ham kechikkandaymiz", - deydi Braximiy.
Prezident Bashar al-Assad hukumatdan ketmasa, muxolifat tinchlik anjumanini boykot qilishini aytmoqda. Assad o'z navbatida 2014-yilda xizmat muddati tugamagunga qadar lavozimidan ketmoqchi emas. Kelasi saylovda ham qatnashish niyati bor uning.
Ertaga Londondagi yig'inda Britaniya, Fransiya, Misr, Germaniya, Italiya, Iordaniya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, AQSh va Birlashgan Arab Amirliklaridan rasmiylar bo'ladi.
Bu orada, muxolifatning bildirishicha, Ozod Suriya armiyasining qo'mondoni o'ldirilgan. Yosir al-Abbod bugun Tafas shahridagi to'qnashuvda o'lgani aytiladi.
Al-Abbod armiyadan birinchilardan bo'lib yuz o'girib, isyonchilarga qo'shilgan harbiy.
Suriyadagi urush 100 mingdan oshiq odamni hayotdan olib ketib, millionlar boshiga qochqinlarning kunini soldi.