Suriya muxolifati BMTning mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta'minlashga doir tashabbusini mujmal deb atab, prezident Bashar al-Assadning hokimiyatda qolishini ko'zlagan hech bir rejani qo'llab-quvvatlamaymiz, demoqda. Suriya Milliy kengashiga ko'ra, zo'ravonliklar davom etayotgan bir paytda siyosiy o'zgarishlar haqida gap bo'lishi mumkin emas.
Kecha Jenevada Suriya bo'yicha o'tgan xalqaro anjumanda BMT maxsus vakili Kofi Annanning Suriyada muvaqqat hukumat tuzishga doir rejasi qabul qilingan. Rossiya aralashuvi tufayli hujjatda Bashar al-Assadning hokimiyatda qolish ehtimoli saqlanib qoldi.
Ammo Suriya muxolifati rahbarlaridan biri Burhon G'aliunning aytishicha, bu shu kungacha Suriyaga doir qabul qilingan xalqaro hujjatlarning eng yomoni. "Xalq qotil bilan muzokara qilmaydi" deyiladi muxolifat bayonotida.
Kecha poytaxt Damashq tevaragida dafn marosimi paytida bomba portlab, kamida 30 kishining nobud bo'lgani aytilmoqda. Muxolifat hukumatni xurujda ayblamoqda.