Suriyadagi asosiy muxolif guruh muvaqqat bosh vazirni tanlagani haqida ma’lum qilgan. Oppozitsiya prezident Bashar Assad tuzumini ag’darib, hokimiyatga kelish umidida ekan, jahon hamjamiyati oldida mamlakatni boshqara olishga loyiq ekanini ko’rsatishga harakat qilmoqda.
Suriya milliy koalitsiyasi kecha Istanbulda majlis qilib, siyosiy faol Ahmad Tumehni yangi bosh vazir etib tanlagan. Tumeh isyonchilar qo’liga o’tgan hududlarda boshqaruvni yo’lga qo’yish bilan shug’ullanadi.
Bu o’rtada AQSh va Rossiya Suriyadagi kimyoviy qurollarni yo’q qilish bobida kelishib oldi. AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Jenevada uchrashgan. Ular Assaddan bir hafta ichida ommaviy qirg’in qurollarining to’liq ro’yxatini berishni so’ragan.
Kerri bugun Quddusda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan ham ushrashgan. Netanyaxu Rossiya-AQSh tashabbusi ish berib, Suriyadagi barcha kimyoviy qurollar yo’q qilinishiga umid qilmoqda.
Ertaga Kerri Parijda Fransiya, Britaniya va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashadi. Xitoy AQSh-Rossiya tashabbusini olqishlamoqda. Bu davlat tashqi ishlar vaziri Van Yi fransiyalik hamkasbi Loren Fabius bilan Pekinda muloqot qilgan.
Uch kun davom etgan muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvga ko’ra, Suriya xalqaro inspektorlarga taftishga ruxsat berishi lozim. Kimyoviy qurollarni kelasi yil o’rtasigacha mamlakat tashqarisida yo’q qilish ko’zda tutilgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Suriyada ming tonna ana shunday zaharli moddalar bor va ular 45 joyda saqlanadi. Biroq Suriya muxolifati nazarida reja keng qamrovli emas. Milliy koalitsiya xalqaro hamjamiyatdan armiyaning aholi punktlarida havo va tank hujumlarini man qilishni so’ramoqda.