Suriyada qonli janglar, fuqaro va harbiylar o’lgan

  • Amerika Ovozi

Hims shahridagi maktab, 30-aprel, 2012-yil

Faollarning aytishicha, bugun Suriyadagi zo’ravonlikda 23 odam o’lgan. Shimoli-sharqdagi Deir Ezzor viloyatida isyonchilar 12 askarni o’ldirdi, deydi Britaniyada asoslangan Suriyada inson huquqlarini kuzatuvchi kengash vakillari.

Armiya bu hujumga javoban o’t ochib, bir kishi halok bo’lgan. Shimoli-g’arbdagi Idlib viloyatida bir qishloq to’qnashuvlar domiga tortilib, 10 odam nobud bo’ldi, to’qqiz nafari bir oiladan, deydi faollar. Talofatlarni mustaqil ravishda tasdiqlash mumkin emas, hududda xorij matbuotining faoliyati cheklangan.

BMTning 30 kuzatuvchisi 12-aprelda e’lon qilingan sulh ijrosini tekshirmoqda. Ular safi yaqin orada 300 kishiga yetishi kerak.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun hukumat va isyonchilarni bir yildan oshiq davom etayotgan janglarni bas qilishga undamoqda. U kecha poytaxt Damashq va Idlib shaharlarida ro’y bergan portlashlarni qoralab, terrorchilar qilmishi, deb ta’rifladi.

BMT hisobiga ko’ra, o’tgan yil martidan beri prezident Bashar al-Assadga qarshi namoyishlar va olishuvlarda kamida 9 ming odam jon bergan.

Suriyadagi manzara: