Rossiya matbuotidagi xabarlarga ko’ra, Suriyaga atalgan raketalar hali jo’natilmagan.
Havo hujumidan himoya qilishga mo’ljallangan S-300 raketalari sentabrdan oldin eltilishi gumon, deya xabar beradi Interfaks.
Suriya prezidenti Bashar al-Assad kecha Rossiyadan kuchli qurol-aslaha yetib kelganiga ishora qilgan edi.
Uning aytishicha, Isroil Suriyani havodan nishonga olgudek bo’lsa, Damashq javob qaytarishga qodir.
Hafta boshida Moskva avval imzolangan kelishuv doirasida Suriyaga mudofaa tizimi sotishini, bu – mojaroga xorij aralashuvining oldini olish uchun zarur ekanini ta’kidlagan edi.
Isroil hukumati ushbu raketalar Suriyaga yetib bormasligi uchun kuch qo’llashga ham tayyormiz, deya javob qilgan.
Isroil va Amerika nazarida bu qurollar Suriyadagi urushni yanada chigallashtirishi mumkin.