Davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistoniga safar qilib, rasmiylar bilan Suriyadagi urush haqida gaplashmoqda.
Ham Qo’shma Shtatlar, ham Saudiya Arabistoni shanba kuni suriyalik isyonchilarni qo’llab-quvvatlovchi davlatlar anjumanida qatnashgan, prezident Bashar al-Assadga qarshi olishayotgan kuchlarga qo’shimcha gumanitar yordam va’da qilgan edi.
Qirollik ancha oldindan muxolifatni qurol-aslaha bilan ta’minlab keladi, shu paytgacha faqat noharbiy madad uzatgan Qo’shma Shtatlar esa yaqinda o’q-dori, aslaha berishga qaror qilgan edi.
Kerrining aytishicha, Suriyada ikki yildan oshiq davom etayotgan urushni hal qilishning eng samarali yo’li – muzokaralar.
Saudiya Arabistoni nazarida jahon hamjamiyati Eron va Hizbulloh guruhiga Suriya hukumatini moliyalashga, qo’llab-quvvatlashga yo’l qo’ymasligi kerak.
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri, shahzoda Saud al-Faysalning aytishicha, Tehronning mojaroga aralashishi g’oyat xatarli va qirollik ortiq sukut saqlab tura olmaydi. Al-Faysal Suriya rahbariyatiga qurol uzatishni taqiqlashga, isyonchilarga esa harbiy yordamni oshirishga undayapti.
AQSh, Rossiya va BMT diplomatlari, bu orada, bugun Jenevada ko’rishib, Suriya tinchlik anjumanini o’tkazish haqida fikrlashmoqda. Xalqaro muzokarachi Laxdar Braximiy nazarida yig’indan umid so’nib borayapti.
Xalqaro konferensiya ham Assad hukumati, ham isyonchilarni bir davraga yig’ishni ko’zlaydi. Ammo muxolifat va hukumatni murosaga ko’ndirish mushkul, deydi diplomat. Holbuki, urush nafaqat Suriya, balki butun regionning tinchini buzayapti, deydi u.
Suriya tashqi ishlar vazirining aytishicha, Assad hukumatdan ketmaydi va muxolifat muzokara samarali o’tishini istasa, avval otishmani to’xtatishi lozim.
Suriya muxolif koalitsiyasi muloqotda qatnashishdan bosh tortib keladi. Armiya xalqni qirishda davom etar ekan, gaplashishdan naf yo’q, deydi oppozitsiya.
BMT hisob-kitobiga ko’ra, urush shu paytgacha 80 mingdan ziyod odamning hayotiga zomin bo’lgan.