Suriyada tobora kuchayib borayotgan qonli to’qnashuvlar mamlakatni tark etayotgan qochqinlar sonini oshirmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, har kuni 300 dan ortiq odam qo’shni Turkiyaga qochib o’tmoqda. Turkiya chegarasida lagerlar tashkil etilgan.
Suriya hukumatiga qarashli vertolyot isyonkorlarni qidirib chegara hududlarini nazorat qilmoqda. Ba’zan ular yerga qarata o’q uzadi. Minoradagi snayperlar mamlakatdan qochmoqchi bo’lgan odamlarni nishonga oladi.
Turkiyadagi Kilis lageri suriyalik qochqinlar bilan to’la. Lager tez-tez Suriya askarlari hujumiga uchrab turadi. Aprelda ro’y bergan ana shunday hujumlardan birida 23 odam jarohatlangan, ikki kishi o'lgan edi.
“Amakivachcham hujumda yaralandi, soniga o’q tekkan edi, hamon kasalxonada”, - deydi lagerdagi qochoqlardan biri.
Fojeadan keyin lager atrofida beton devor qurildi. Bugunga kelib devor prezident Bashar al-Assadga qarshi yozuvlar bilan to’lgan.
Shu kungacha Suriyadan Turkiyaga 27 ming odam qochib o’tgan. Ulardan o’n mingdan ortig’i Kilis lagerida. Qochqinlar urushning tezroq tugashiga umid qilmoqda.
Bemor va yaradorlar uchun kasalxonalar tashkil etilgan. Ikkita masjid, do’kon va kir yuvish xonasi qochqinlarga xizmat qilmoqda.
Qochqinlar hayoti og’ir. Shunga qaramay, ular Turkiya rahbariyatidan minnatdor.
Qochoqlardan birining aytishicha, Eron, Rossiya kabi davlatlarning Suriya hukumatini qo’llab-quvvatlayotganidan taajjubda.
“Bu jinoiy rejim axir. Dunyo xalqlari suriyaliklarni, muxolifatni, demokratiyani so’z bilangina emas, balki real harakat bilan qo’llashi kerak”, - deydi u.
Qochqinlarni hozir xalqaro siyosatning nozik va murakkab jihatlari qiziqtirmaydi. Ular jon saqlab oqlishni va yana tinch hayotga qaytishni istaydi.