Tojikiston rus bazasi ijara muddatini uzaytiradi

  • Amerika Ovozi
Moskvaga borgan Emomali Rahmon so’zlariga ko’ra, parlament sentabrda shu mavzudagi hujjatni ma’qullaydi.
Tojikiston Rossiya bazasiga mamlakatda uzoqroq qolishga ruxsat berishi kutilmoqda.

Moskvaga borgan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon so’zlariga ko’ra, parlament sentabrda shu mavzudagi hujjatni ma’qullaydi.

Baza ijarasi 2042-yilgacha uzaytirilishi rejada. Rus harbiylari bu davlatda xizmat qilayotgani ham Rossiya, ham Tojikiston manfaatlari, xususan, xavfsizligi uchun zarur, deydi Rahmon va Vladimir Putin.

201-bazada Rossiyaning chet eldagi eng yirik piyoda qo'shinlar bo'linmasi joylashgan. Unda 6 ming harbiy xizmat qilmoqda, deya yozadi rus matbuoti. Baza Tojikistonda tinchlikni ta'minlash, mahalliy qo'shinlarni qo'llab yuborish uchun tuzilgan.

Bundan tashqari, Dushanbe va Moskva migratsiya bilan bog’liq muammolarni tezkor hal qilishga kelishib oldi.

“Tojikiston iqtisodiyoti ko’p jihatdan muhojirlar jo’natayotgan pulga tayanadi, shunday ekan, bu borada yuzaga keladigan ziddiyatlarni imkonicha boricha tez bartaraf etish kerak”, - deydi Putin.

Shuningdek, xalqaro qo’shinlar Afg’onistondan chiqish arafasida ekan, Rossiya va Tojikiston terrorizm, chegarada jinoyatchilik va qoradoriga qarshi kurashda hamkorlikni oshirishi kutilayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh-Markaziy Osiyo, xavfsizlik/US-Central Asia, security/Interview with Nathan Barrick