YUNISEF - BMTning Bolalar jamg'armasi hisobotiga ko'ra, tojikistonlik mehnat muhojirlarining farzandlari ota-onasidan ajralib, tarbiyasi va ruhiy salomatligiga putur yetmoqda.
Ma'lumki, yuz minglab tojikistonliklar iqtisodiy imkoniyat izlab, Rossiya va boshqa yurtlarga ravona bo'ladi. Muhojirlar yuborayotgan pul iqtisodiyot va oilalarning moddiy ahvoli uchun ijobiy bo'lgani bilan ota-onadan uzoq vaqtga ajralgan bola ruhiyatida o'zgarish seziladi, deyiladi hisobotda.
Xususan, bunday bolalar tushkunlikka osonlikcha tushib, xarakterida agressiya alomatlari paydo bo'ladi. Maktabda boshqa bolalar tomonidan xo'rlikka ko'proq uchraydi.
YUNISEF Tojikiston hukumatiga bunday bolalarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishni tavsiya qiladi.
(Hisobot bilan to'liq tanishing - inglizcha, ruscha, tojikcha).