Jahon Banki Tojikistonning qishloq joylarida 770 mingdan ortiq aholi hayotini yaxshilash uchun 45,9 million dollarlik yangi kredit ajratishga qaror qilgan.
Loyiha Xatlon viloyatidagi 12 tumanda irrigatsiya, kanalizatsiya va dehqonchilik sohalarini rivojlantirishni ko'zlaydi. 190 ming gektarlik maydon haqida gap ketmoqda. Hosildorlikni 10 foizga oshirish rejalangan.
Loyiha 22 mingga yaqin kishini yangi ish o'rinlari yaratadi, deya bildiradi bankning Tojikistondagi rahbari Marsha Oliv.
Bunday proyekt 2010-yildda Xatlonning boshqa besh tumani, xususan Farxor, Qumsangir, Qabodyon, Shartuz va Vaxshda ham ishga solingan va 11 ming odan ish bilan ta'minlangan. Oylik maosh o'rtacha 230 dollarga chiqqan, deyiladi Jahon Banki bergan bayonotda. Guruch, sabzavot va g'alla hosildorligi besh foizga o'sgan.
Ayni damda Jahon Banki Tojikistonda 16 yirik loyiha yuritadi. Ular uchun jami 275 million dollar ajratilgan. Eng yirik proyektlar qishloq xo'jaligida, shuningdek, suv va sanitariya, ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya, xususiy va davlat sektorini taraqqiy ettirishni ko'zlagan loyihalar ham bor.