AQSh Federal Qidiruv Byurosining ma'lum qilishicha, poytaxt Vashingtonda Kapitoliy binosini portlatish arafasida turgan shaxs qo'lga olingan.
Kapitoliy - qonunchilik organi Kongress joylashgan azim inshoot.
Hibsdagi odam Marokashdan 29 yoshli yigit ekani ma'lum. Undan topilgan moddalar qalbaki bo'lgan, chunki niqobdagi federal agent u bilan hamkorlik qilgan. 2010-yilning dekabr oyidan beri u kuzatuv ostida edi, deydi huquq-tartibot xodimlari.
Amin al-Xalifiy ismli bu shaxs ommaviy qirg'in qurollarini ishlatishga uringanlikda ayblanmoqda, xususan harbiy inshoot, restoran va sinagogaga hujum qilish rejasi bo'lgan. Niqob ostidagi agentga u o'zini portlatib, kamida 30 kishini o'ldirsa ham rozi bo'lishini aytgan.
Xalifiy Amerikada, Virjiniya shtatida hujjatsiz yashagan. Uning biror terror guruhiga aloqasi borligi haqida isbot-dalil yo'q, deya bildiradi agentlar.
2009-yilda Yevropadan Amerikaga uchib kelayotgan samolyotni portlatishga uringanlikda aybdor deb topilgan nigeriyalik Umar Farrux Abdulmutallib kuni kecha umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi.