Texasdagi otishma yuzasidan 170 kishi hibsda

  • Amerika Ovozi

Politsiyaning aniqlashicha, gangsterlar janjal izlab mahalliy restoranga bostirib kirgan.

Texas shtatida yakshanba kuni raqib mototsiklchi gangsterlar o'q almashib, natijada to'qqiz kishi halok bo'lgan.

Yana 18 kishi jarohatlangan. Hodisa ketidan 170 odam politsiya tomonidan hibsga olingan.

Ayrimlar qotillikda ayblanib, umrbod qamalishi mumkin.

Politsiyaning aniqlashicha, gangsterlar janjal izlab mahalliy restoranga bostirib kirgan.

Otishma va pichoqlashuv avval restoranda boshlanib, keyin ko'chaga ko'chgan. Politsiya yetib kelganidan keyin gangsterlar ularni ham ota boshlagan. Politsiyachilar orasida talofatlar yo'q.