Bangkokda ro'y bergan portlashni uyg'urlar bilan bog'lashdi

  • Amerika Ovozi

Portlashga aloqadorlik gumoni bilan ushlangan Yusuf Mirali

Tailand politsiyasi o'tgan oy Bangkokdagi ibodatxonada ro'y bergan portlashni uyg'urlar bilan bog'lamoqda.

Tergovchilarning aytishicha, uyg'urlarni Tailand va jahon bo'ylab noqonuniy yo'llar bilan ko'chiruvchi odam savdogarlari shu orqali qasos olgan.

Inson savdogarlarining tarmog'i fosh etilgani va rejalari puchga chiqqani uchun guruh Tailanddan shu yo'l bilan o'ch olgan, deya tushuntiradi politsiya.

Hujumdan bir oy oldin Tailand yuzdan oshiq uyg'ur qochqinini majburan Xitoyga qaytargan edi.

Uyg'urlar vatanida qiynoqlar, bosim va hatto o'lim ehtimolidan hayiqib kelayotgan edi. Tailandning qarori huquq faollari va uyg'ur huquq himoyachilari tomonidan tanqid qilindi.

Eslatib o'tamiz, 17-avgust kuni Bankokdagi ibodatxonada portlash ro'y berib, kamida 20 odam jon bergan. Aksariyati xitoylik sayyohlar bo'lgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Tailanddagi uyg'ur qochqinlari

Your browser doesn’t support HTML5

Uyg'ur tili kelajagi