Tillerson yana Qatarda

  • Amerika Ovozi

Amerika bosh diplomati Reks Tillerson bugun, payshanba kuni Qatarda amir Shayx Bin Hamad al-Taniy bilan bilan ko'rishmoqda.

Amerika bosh diplomati Reks Tillerson bugun, payshanba kuni Qatarda amir Shayx Bin Hamad al-Taniy bilan bilan ko'rishmoqda.

Davlat kotibi Saudiya Arabistoni boshliq arab davlatlari va Qatar o'rtasidagi ziddiyatni yumshatishga harakat qilayapti.

Dohaga borishdan oldin Tillerson bugun Quvayt Tashqi ishlar vaziri Shayx Sabah Al Holid Al Sabah bilan Fors ko'rfazidagi bu tanglik haqida gaplashib oldi.

Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Bahrayn iyun oyida Qatar bilan diplomatik aloqani uzgach, Quvayt o'rtada vositachilik qilayapti.

Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi guruh Qatarni terrorizmni qo'llab-quvvatlashda ayblab, 13 banddan iborat talablarni olg'a surgan. Qatar muzokaraga tayyor, ammo suverenitetini qo'ldan boy bermoqchi emas.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 13-iyul, 2017-yil