Federal sud Tramp farmoniga taqiqni oshirdi

  • Amerika Ovozi

Iroqdan kelgan oila, 15-mart, 2017-yil, San-Diyego aeroporti.

Amerika federal sudi prezidentning muhojirlarni o'lkaga kiritmaslikka doir farmoniga taqiq muddatini uzaytirdi.

Tramp qaroriga ko'ra, aholisi asosan musulmon olti davlatdan odamlar Amerikaga yo'latilmasligi, qochqinlar dasturi to'xtatilishi kerak edi.

Gavayi shtatidan sudya Derrik Votson mart boshida farmonga vaqtincha to'siq qo'ygan edi. Bu hafta e'lon qilgan hukmida sudya to'siq muddatini yanada uzaytirdi.

Uning aytishicha, Tramp farmoni konstitutsiyaga zid, qaror musulmonlarni nishonga oladi.

Donald Tramp saylov kampaniyasi davrida musulmonlarni Amerikaga kiritmaslikka undagan edi. Keyinroq u bu da'vatini terrorizmga aloqador davlatlardan odamlarni AQShga kiritmaymiz, deya o'zgartirdi.

Tramp ma'muriyati qaror musulmonlarga qarshi emas, farmon davlat xavfsizligi uchun muhim, deb keladi.

Your browser doesn’t support HTML5

AQShda muhojirlarga qo'yilgan taqiqlar tarixi