Breaking News

Tramp muhojirlarni kiritmaslikka oid yangi farmon chiqarishi mumkin


Muhojirlarga oid yangi farmon chiqadimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:01 0:00

Federal sud Prezident Donald Trampning muhojirlarga oid farmonini to'xtatib qo'yganiga qaramasdan, Oq uy bu boradagi harakatlarini davom ettirmoqchi. Prezident ma'muriyati shu hafta bu masalada yangi qaror chiqarishi mumkin.

Sud prezident qarorini ijrodan to'xtatgach, AQShga kirishi taqiqlangan o'lka fuqarolari va hatto qochoqlar Amerikaga yana kela boshladi. Mana bu suriyalik oila ulardan biri.

"Bu yerga kelishimizga imkon bergan Allohga va Amerika xalqiga shukr. Umidlarimiz qayta uyg'ondi", - deydi suriyalik qochoq.

Oq uy esa ahdida qat'iy.

"Chet eldagi fuqaro Amerikada hech qanday maqomga ega bo'lmay turib yurtimizga kirish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqqa ega emas. Bu masalada prezident ijro vakolatiga ega. Terrorchilar mamlakatimizga kirishining oldini olish uchun bir qator yo'nalishlarda ko'plab imkoniyatlarimiz bor", - dedi Oq uy maslahatchisi Stiven Miller.

Federal qonunga ko'ra, prezident xorijliklarning AQShga kirishini chekash huquqiga ega. Ammo diniy erkinlik va teng huquqlilikni ta'minlash sharti bu vakolatdan ustun turadi. Tramp qarorini bekor qilishda shtatlar sudga shu da'vo bilan murojaat qilishdi.

"To'g'ri, prezidentning huquqlari keng. Lekin hech kim qonundan ustun emas va ijro farmonlari konstitutsiyaga mos kelishi kerak. Prezident federal sudyalar bilan to'qnash kelayotganining sababi shunda", - deydi Vashington shtati prokurori Bob Ferguson.

Oq uy qarorni himoya qilib Oliy sudga murojaat qilishi yoki yangi farmon tayyorlashi mumkin.

"Oldimizda yo'l ko'p, yangi qaror chiqarish shulardan biri", - deydi Tramp.

O'tgan ikki hafta davomida Tramp saylovda bergan va'dalarining ustidan chiqishga zo'r bermoqda. Sudlar ham shunga yarasha chora ko'rmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG