Tramp musulmonlarning AQShga kiritilishiga qarshi

  • Amerika Ovozi

Donald Tramp

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da'vogar Donald Tramp musulmonlarni Amerikaga kiritmaslikni taklif etmoqda.

Uning aytishicha, ommaviy so'rovlar musulmonlarning Amerikaga nafrat bilan qarashini ko'rsatmoqda, bu esa kelajakda yangi xurujlarga sabab bo'lishi mumkin.

"So'rov natijalarisiz ham adovatning misli ko'rilmagan darajada ekani ayon. Bu adovatning sababi va ildizini aniqlash lozim. Mazkur muammoni anglamas ekanmiz, undan taralayotgan xavfni tushunmas ekanmiz, xalqimiz faqat jihodga ishonadigan, inson hayotida ma'no ko'rmaydigan yoki uni e'zozlamaydigan odamlar tomonidan sodir etiladigan dahshatli xurujlar qurboni bo'lmasligi kerak", - dedi Tramp.

Milliarder tadbirkor Respublikachilar partiyasidan saylovlarda yagona nomzod bo'lish uchun bellashmoqda. Ommaviy so'rovlarda Donald Tramp qolgan da'vogarlardan ancha oldinda ketmoqda.