Poytaxt Vashingtonda, Oq uydan bir necha ko'cha narida Prezident Donald Trampning kalamush qiyofasidagi, havo bilan shishirilgan haykali paydo bo'ldi.
Odamlarga Trampning bu qiyofasi ma'qul kelgandek. Ular ushbu bahaybat nusxa oldida suratga tushmoqda.
“Men bu ish orqali odamlarni nazar-pisand qilmaydigan, hatto maxsus e’tiborga muhtoj va nogiron odamlar ustidan kuladigan prezident qiyofasini ko’rsatishga harakat qildim. Prezidentlikka mos bo’lmagan, siyosatlari butun dunyo uchun xavfli bo’lgan odamga nisbatan noroziligimni shu tarzda ifodalamoqchi bo’ldim, xolos. Bu kalamushni shuning uchun yaratdim”, - deydi san’at asari muallifi Jon Post Li.
Lining aytishicha, bunday haykalni Trampning ona shahri bo’lmish Nyu-Yorkka ham o’rnatish kerak.
Shu yil boshida ham Trampni masxara qiluvchi yana bir haykal Oq uy yaqinida paydo bo’lgan edi. Unda Tramp tovuq qiyofasida aks etgan.