Tunisda juma kuni yuzlab odamlar namoyishga chiqib, "Islomiy davlat" jangarilari tomonidan qatl etilgani aytilayotgan ikki jurnalistni xotirladi.
"Islomiy davlat"ning Liviyadagi qanoti payshanba kuni jurnalistlarni o'ldirganini e'lon qilgan edi.
Jangarilar vebsaytida muxbirlar Sofien Shorabi va Nodir Ktarining qurollangan kishilar bilan surati paydo bo'ldi.
Tunis rasmiylari jangarilar bayonoti qanchalik asosli ekanini tekshirayapti.
Ikki jurnalistni oxirgi bor Liviyada sentabrda ko'rishgan.
Your browser doesn’t support HTML5