Tunisda inqilobdan so’ng birinchi erkin saylovlar o’tkazilganiga bir yil to’ldi. Diktatorning hokimiyatdan quvilishiga olib kelgan va butun mintaqada “Arab bahori”ni boshlab bergan birinchi namoyishlarga esa ikki yil bo’lyapti. Tanqidchilar mamlakatda inson huquqlari toptalishda davom etyapti desa, boshqalar yangi hukumat eskisidan yaxshi, deydi. Siyosiy arboblar esa mamlakat kelajagini belgilash bilan ovora.
Sobiq prezident Zaynobiddin bin Ali hokimiyatdan quvilganidan ikki yil o’tgach turli siyosiy guruhlar Tunis kelajagi qanday bo’lishi kerakligi yuzasidan kelisha olmayapti.
O’tgan oy poytaxtda politsiya va salafiylar to’qnashdi. 2011-yilgi saylovdan buyon islomiy va dunyoviy qarashdagi guruhlar orasidagi kelishmovchiliklar avj oldi. Saylovda g’alaba qozongan islomiy An-Nahda harakati diniy bo’lmagan ikki partiya bilan hokimiyatni baham ko’rmoqda.
Tunisdagi inqilob davrida millat kelajagi deb turli guruhlarni murosaga chaqirgan va katta muvaffaqiyatga erishgan Tunis prezidenti Monsef Marzukiy Britaniyaning by yilgi “Chatam House” mukofoti sovrindori.
“Agar bu eksperiment natija bermasa, zo’ravonliklar boshlanib ketishiga shubha yo’q. Muvaffaqiyatga erishsak, butun arab va musulmon dunyosiga namuna bo’lamiz”, - deydi Marzukiy.
Yana bir sovrindor, An-Nahda harakati rahbari Rashid Gannuchiy Tunis demokratiyadan yiroqlashyapti degan gaplar asossiz, deydi.
"Demokratiya va islom bir-biriga mos tushunchalar ekaniga ishonamiz. Islomiy tizimdan voz kechmasdan demokratiyani barpo eta olamiz. Imon, e’tiqod bo’lmagan demokratiya hokimiyat uchun kurashdan boshqa narsa emas", - dedi Gannuchiy.
Barqarorlik uchun iqtisod oyoqqa turishi kerak, deydi har ikkala arbob.
Shu hafta Yevropa Ittifoqi sobiq rejimga aloqador 48 odamning muzlatilgan mulki va hisob raqamlarini ozod etishga qaror qildi. Millionlab dollar Tunis xazinasiga qaytadi.
Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Amnesty International” xalqaro tashkilotining xodimi Xassiba Haj Sahroiy Tunisda erishilgan yutuqlarni yoddan chiqarmaylik, deydi.
“Tunis saylovlari mintaqa uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi, haqiqiy namunaga aylandi. Lekin inson huquqlari, ayollar huquqlariga kelganda, kamchiliklar talaygina. Islomni haqoratlash aybi bilan qamalganlar bor. Ilgari bunday hollar uchramagan”.
Sobiq avtoritar tizim qurbonlari uchun asosiy masala – adolat. 1980-yillarda Tunis Islom Jabhasiga asos solgan Muhammad Ali Harrat mamlakatni 1990-yillarda tark etishdan oldin qamoqda qiynoqqa solingan. Hozirda u Londonda Islom televizion kanalini boshqaradi:
“Qotillar jazosini olishi kerak, jinoyat jazosiz qolmasligi lozim. Ular sud qilinsin, adolat qaror topsin. Lekin undan keyin olg’a yurishimiz va eski ginalarni unutishimiz kerak”.
“G’arb Tunisning islomiylashishidan xavotirda” degan gaplar asossiz", - deydi Harrat.
“Shu qo’rquv sababli g’arb hukumatlari diktatorlarni quvvatlab kelgan. Lekin ular bunday yondashuv xavfsizlik, taraqqiyot va immigratsiya bobida qanday natijalarga olib kelganini tusnunib yetdi”.
Tunis jamiyatining kattagina qismi yangi hukumatdan norozi. Biroq arab inqilobini boshlab bergan mamlakat boshqalar uchun namunaligicha qolmoqda.