Arab dunyosida tunislik ayollar huquqlari kengroq va erkinroq ekani bilan ajralib turadi. Biroq mamlakat konstitutsiyasining yangi loyihasida vaziyat salbiy tomonga o’zgarishi mumkin. Faollar mamlakatda ayollar huquqlarining cheklanishiga yo’l qo’ymaslik uchun kurash olib bormoqda.
Poytaxt yaqinida istiqomat qiluvchi Salma Rekik tadbirkor. Avtomobil kabellari va oziq-ovqat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kofat” nomli korxonasi bor. Bu sohada, odatda, erkaklar faol. Salma Rekikka o’xshagan tadbirkor ayollar kam.
“Yangi ish boshlayotganimda odamlar nima bo’larkin, deb kuzatib turgandek bo’ladi, - deydi Salma Rekik. - Samarali harakatlarimni ko’rib, ha, u bilan ishlash mumkin ekan, deyishadi”.
Rekik qarashlari boshqa arab ayollarinikidan farq qiladi. Tunis - ayollar huquqlari borasida mintaqadagi ilg’or davlatlardan.
Biroq bugunga kelib tunisliklar mamlakatda xotin-qizlar erkinligi cheklanayotgani haqida tashvish bilan gapirmoqda. O’tgan oyda minglab odamlar ko’chalarga chiqdi. Norozilikka sabab bo’lgan masala – yangi konstitutsiya loyihasi. Unda ayollar erkaklar bilan teng emasligi haqida modda bor.
Huquq faoli Hadicha Cherif fikricha, muammo islomiy partiya hokimiyatga kelganidan so’ng boshlandi.
“Ayollar huquqlari masalasi mamlakatning ijtimoiy va demokratik kelajagini belgilaydi. So’nggi paytlarda bu borada to’siqlar ko’paydi”, - deydi Cherif.
Konstitutsiyadagi bu modda qizg’in munozaralarga sabab bo’ldi. Cherif kabi faollar yangi konstitutsiya kuchga kirsa, erkaklar ayollar ustidan hukmron bo’ladi, so’ng ko’p xotinlilik ham keng tarqaladi, degan xavotirda. Qiz va juvonlar so’nggi paytlarda hijobga kirishga majburlanayotgani haqida xabarlar bor.
“An-Nahda” islomiy partiyasi rahbari Rashid G’anushi esa bunday tashvishlarni asossiz, deydi:
“Yangi konstitutsiyaning bir necha bandida ayol va erkaklar tengligi aytilgan. Faqat bir joyida ayollar erkaklarning o’rnini bosuvchi, deyiladi. U ham bo’lsa hujjatning oila haqidagi qismida. U yerda erkak va ayollar bir-birini to’ldiruvchi, deyiladi, biri boshqasidan ustun emas”, - deydi G’anushi.
Ayrim ayollar esa bugun ularning huquqlari har qachongidan ham yaxshiroq ekanini aytadi.
“Sobiq diktator Zaynul-Obidin Bin Ali hokimiyati davrida men hijobda yurganim uchun ta’qibga uchraganman. Endi esa o’zimni erkin sezyapman,” – deydi talaba qiz Hojar Nadiya.
Biroq tadbirkor ayol Salma Rekik bu fikrga qo’shilmaydi. U ayollar huquqlari uchun kurashish maqsadida “Tunis nidosi” nomli yangi partiyaga asos soldi.
“Ayollar qo’lga kiritgan huquqlarni endi yo’qotmaslik uchun siyosatga aralashishga qaror qildim”, - deydi Rekik.
Yaqinda o’tkazilgan ommaviy so’rov natijasiga ko’ra, tarafdorlarining ko’pligi bo’yicha “Tunis nidosi” “An-Nahda” islomiy partiyasidan keyin ikkinchi o’rinda ketmoqda.