Breaking News

Aholi kuni “sog’lom ayol, sog’lom jamiyat” shiori ostida o’tdi


"Oilada qancha bola ko’rishni oldindan rejalash ham ochlik va yo’qsillik ko’lamini kamaytiradi".
"Oilada qancha bola ko’rishni oldindan rejalash ham ochlik va yo’qsillik ko’lamini kamaytiradi".
Xalqaro hamjamiyat Aholi kunini nishonlamoqda.

Asosiy shiorimiz, deydi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun, sog’lom jamiyat, mustahkam salomatlik, barqaror kelajak.

BMT paydo bo’lganidan beri jahon aholisi uch karra oshgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda 222 million ayol sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniga ega emas.



Xotin-qizlar salomatligini asrash, kontrasepsiya, himoya vositalari haqida bilimini oshirish orqali ona va bola o’limining oldini olish mumkin, deydi BMT rasmiylari, ayniqsa, mojaro zonalarida.

Xalqaro qutqaruv qo’mitasi xodimi, doktor Dhammika Pereraning aytishicha, notinch mamlakatlarda ayollar uchun tirik qolish bosh masala.

Oilada qancha bola ko’rishni oldindan rejalash ham ochlik va yo’qsillik ko’lamini kamaytiradi, deydi u.

“Shuning uchun ayol va erkaklarga kontrasepsiya, himoya vositalari haqida ma’lumot beramiz, toki kelgusida tirikchilik, bolalarga ta’lim berish, ularga tibbiy xizmatdan foydalanish imkoni yaratish kabilar ustida muammo bo’lmasin”, - deydi mutaxassis.

Uning so’zlariga qaraganda, homiladorlik orasida tanaffus ikki yilga yetsa, yoshi beshga yetmagan bolalar orasida o’lim hollarini 10-15 foizga qisqartirish mumkin.

Aholi kuni 1989-yildan beri nishonlanadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG