Turkiya Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, janubi-sharqda, Suriya bilan chegara yaqinida portlash ro'y berib, kamida 28 kishi nobud bo'lgan.
Jarohat olganlar kamida 100 kishi.
Vazirlik mamlakat ahlini tinchlikka da'vat etgan. Talofatlar soni oshishi mumkin, deydi rasmiylar.
Turkiyaning Suruch shahri Suriyaning Kobani shahriga chegaradosh.
Kobanida kurd jangchilar "Islomiy davlat" nomli jangari to'da bilan olishib keladi.
Suruch shahrida suriyalik qochqinlar ham jon saqlab keladi.
Oy boshida kurd jangchilari "Islomiy davlat" guruhini hududdan haydab solgan edi. Jangarilar shaharni qaytarib olishga urinar ekan, orada o'nlab odamlar nobud bo'lgan.