17-fevral kuni Turkiya poytaxti Anqarada yuz bergan portlashda kamida 28 kishi o'lgan, 61 odam yaralangan. Bomba o'rnatilgan avtomobil harbiylarni olib ketayotgan avtobusni nishonga olgani aytilmoqda.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an, qayerda bo'lmasin, mamlakatni himoya qilish uchun zarur choralar ko'rilishini bildirdi.
"Bunday hodisalar birligimiz va kelajagimizni nishonga oluvchi hujumlarni qaytarishga bo'lgan ahdimizni yanada oshiradi", - dedi u.
Erdog'an 18-fevral kuni Ozarbayjonga belgilangan safarini qoldirdi. Bosh vazir Ahmet Dovuto'g'li ham 17-fevral kuni Bryusselga rejalangan tashrifini bekor qilgan.
Xuruj poytaxt markazida armiya qarorhohi, parlament va bosh vazir idoralari yaqinida ro'y bergan.
Portlash yuz bergan payt Prezidentlik saroyida Erdog'an xavfsizlik bo'yicha yig'in o'tkazayotgan bo'lgan.
Turk rasmiylari portlashda Suriyadagi kurd isyonchilarini ayblamaqda.
Xalqqa televiizion murojaatida Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lu xurujni amalga oshirishda Turkiyada man qilingan Kurdiston ishcilar partiyasi ko'maklashganini ta'kidlab Suriya fuqarosi Solih Nejarni tilga olgan. U kurd qurolli kuchlari a'zosi deydi bosh vazir.