Turkiya sobiq Prezidenti Sulaymon Demirel olamdan o'tdi

  • Amerika Ovozi

Turkiyaning besh karra bosh vaziri bo'lgan Sulaymon Demirel

Sobiq prezident, Turkiyaning o'tgan yarim asrdagi eng taniqli yetakchilaridan biri Sulaymon Demirel 90 yoshida olamdan o'tdi.

U nafas olish yo'llarining shamollashi bilan bog'liq xastalikdan vafot etgan.

O'tgan asrning 60-yillarida hokimiyatga kelgan Demirel besh marta mamlakat bosh vaziri bo'lgan, so'ng 1993-yildan 2000-yilgacha prezidentlik lavozimini egallagan.

U 1971 va 1980-yillar ikki bor harbiy to'ntarish natijasida hokimiyatdan ayrilgan. Shunga qaramay 1991-yil yana bosh vazir sifatida hukumatni egallagan va oradan ikki yil o'tib prezident etib saylangan.