Turkiya: Saylovlarda hukmron partiya g’alaba qildi

Turkiya: Saylovlarda hukmron partiya g’alaba qildi

Turkiya Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an va uning “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi 50 foizdan ziyod ovoz to’plagan.

Muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi 26 foiz ovoz bilan ikkinchi o’rinda. “Milliyatchi Harakat” partiyasi esa 13 foiz ovoz to’plagan.

G’alaba nutqida Rajab Toyib Erdog’an saylov natijalarini “demokratiya, barqarorlik va tinchlik g’alabasi” deya ta’rifladi.

Istanbulda ovoz berar ekan, “mening boshqaruvim davrida Turkiya mintaqada va jahonda yetakchi siyosy-iqtisodiy kuchga aylandi”, - deydi bosh vazir.

“Adolat va Taraqqiyot” partiyasi parlamentdagi o’rinlarning uchdan-ikki qismini qo’lga kiritib, Turkiya konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritishni rejalagan edi.

Amaldagi bosh qomus 1982 yilda, harbiylar boshqaruvi davrida tuzilgan. Uni isloh qilish uchun bosh vazir muxolifat bilan maslahat qilishiga to’g’ri keladi.