Turkiya Iroq va Suriyada 200 jangarini yo'q qilgan

  • Amerika Ovozi

Istanbuldagi qonli hujumlarga javoban Anqara Suriya va Iroqda "Islomiy davlat" to'dasining manzillarini bombardimon qildi.

Turkiya hukumati Istanbuldagi qonli hujumlarga javoban Suriya va Iroqda "Islomiy davlat" to'dasining 200 a'zosini yo'q qilganini aytmoqda.

Istanbulning tarixiy qismida ikki kun oldingi portlash germaniyalik 10 fuqaroni hayotdan olib ketgan edi.

Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto'g'lining aytishicha, oxirgi 48 soatda Suriya bilan chegarada va Iroq shimolida jangarilarning manzillari kamida 500 marotaba o'qqa tutildi.

Bu orada, Ichki ishlar vaziri Efkan Alaning so'zlariga ko'ra, Istanbulda Sultonahmad maydonidagi hujum ketidan yetti kishi, jumladan, uch nafar rus ushlangan.

Natijada 10 kishi o'lgan, 15 odam, asosan Germaniya fuqarolari jarohatlangan.

Rasmiylarning aytishicha, hujumni suriyalik 28 yashar yigit, "Islomiy davlat" guruhiga aloqador Nabil Fadli sodir etgan. U Suriyadan qochqin sifatida kelgan.