“Isroil to’qqiz turkning o’limiga yetaklagan hujum yuzasidan kechirim so’ramaydi”, - deya ta’kidladi Bosh vazir Benyamin Netanyaxu.
O’tgan yilning may oyida ro’y bergan voqea haqida gap ketmoqda. Isroil harbiylari o’shanda G’azo sektoriga yordam eltayotgan kemalarni kuch bilan to’xtatgan edi.
Netantyaxuning aytishicha, yahudiy davlati Turkiya bilan do’st va hamkor bo’lishni istaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2010-yilgi voqeani tekshirib, Isroil haddan ziyod kuch qo’llagani haqida xulosa qildi. Turkiya Isroil elchisini haydab, harbiy hamkorlikni to’xtatgan.
Yahudiy davlati bu qarordan afsusda, ammo rasman kechirim so’rashni lozim topmaydi.
BMT hisobotida qayd etiladiki, Turkiya ham mojaro keskin tus olishini bartaraf etishga yetarlicha harakat qilmagan. “Moviy Marmara” kemasidagi faollar qo’lida qurollar bo’lgani ma’lum.
Rasmiy Anqara G’azo sektoriga qo’yilgan blokada qonuniy ekani haqidagi xulosaga qo’shilmaydi. Qamalni bekor qilishga hamda marhumlar oilasiga kompensatsiya to’lashni talab qilmoqda.