Yirik kasaba uyushmasi esa bugun ommaviy ish tashlash e’lon qildi; konlarda xavfsizlik choralari talabga javob bermasligidan arz qilayapti.
Turkiyada ko’mir konidagi portlashda o’lganlar soni 300 ga yaqinlashgan. Uch konchi hamon qidirilmoqda lekin ularning tirik topilishiga ishonch past.
Yong’in qutqarish ishlarining beliga tepmoqda, deydi Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Taner Yildiz.
Soma degan hududdagi bu halokat Turkiya konlarida shu kungacha kuzatilgan eng qaqshatqich voqea.
450 kishining hayoti asrab qolingan. O’lganlar asosan gazdan zaharlangan, deydi rasmiylar. Omma esa bunda hukumatni ayblamoqda. Xavfsizlik choralari joyida bo’lmagan.
Bosh vazir Rajab Tayyip Erdog’an fojia tergov qilinadi, aybdorlar javobgarlikka tutiladi deb va’da bermoqa, lekin bu voqea allaqachon keskin tanqid ostida bo’lgan hukumatga nisbatan norozilikni oshirgan. O’lgan konchilar uchun motam marosimida zo’ravonliklar kuzatilgan. Namoyishlar avjida. Namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilgan.
Turkiyada yirik kasaba uyushmasi bugun ommaviy ish tashlash e’lon qildi. O’lkadagi konlarda xavfsizlik choralari talabga javob bermasligidan arz qilayapti.
Soma shahrida seshanba kuni ro’y bergan portlash va yong’inda omon qolganlar hali ham qidirilayapti.
Bosh vazir Erdog’an bu kabi halokatlarni odatiy hol deya ta’riflab, ommaning g’azabini keltirgan.
"Nafaqat Turkiya, Amerika, Xitoy, Fransiya, Hindiston va Belgiyada ham bo’lib turadi bu kabi fojealar", - dedi Erdog’an.
Bu orada, Anqarada odamlar energetika vazirligi atrofida namoyish qilmoqda, Istanbulda esa portlash ro’y bergan konga egalik qiluvchi kompaniya idorasini fuqarolar qurshab olgan.

Your browser doesn’t support HTML5