Ukrainada kecha ko’mir konida yuz bergan portlashda o’lganlar soni 18 nafarga yetgan.
Prezident Viktor Yanukovich Luxansk shahriga borib, kondagi sharoit bilan tanishgan, ishchilarning oilalaridan ko’ngil so’ragan.
To’qqiz konchi daraksiz ketgan. Uch kishi og’ir ahvolda.
Metan gazi portlagan, deydi rasmiylar.
Ukraina ko’mir konlarida xavfsizlik choralar harob bir ahvolda, uzoq yillardan beri biror ta’mirdan o’tmagan. Yilda bir necha bor mana shunday fojialar sodir bo’ladi.
Hukumat voqeani tergov qilib, javobgarlarni sudga tortishga so'z bermoqda.
Gap tizimning o’zida, deydi mutaxassislar. Konlarni yaxshilash uchun mablag’ ajratish kerak.