Ukraina sharqi biroz tinchigan, sulhga amal qilinmoqda

  • Amerika Ovozi

A woman walks down stairs advertising a Vincent van Gogh exhibition outside Albertina museum in Vienna.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko deydiki, mamlakat sharqiy astalik bilan tinchlik tomon yo'nalmoqda. O'tgan bir necha kun ichida qurolli to'qnashuvlar kuzatilmadi.

Poroshenko bugun ukrain axborot vositalarida gapirganida shunday ogohlantirish berdi: agar separatist xurujlar boshlansa, darhol harbiy chora ko'riladi va ayrim Yevropa davlatlari kuchli qurollar berishga shay. Aynan qay davlat ekanini Ukraina rahbari aytmadi.

Fransiya va Germaniya, masalan, qurol uzatishni xato deb biladi. Amerika esa 75 million dolllarga teng no-harbiy ko'mak uzatmoqda biroq qurol berishga shoshmayapti.

Ukraina va rossiyaparast separatist kuchlar o'tgan oy Belarus poytaxti Minskda sulh imzolagan va mojaro maydonidan og'ir qurollarini olib chiqmoqda. Oq ovozlari hali ham eshitiladi lekin, kuzatuvchilarga ko'ra, kelishuvga amal qilinmoqda.