Rossiya G'arb va AQShni ogohlantirdi

  • Amerika Ovozi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, bu tahdidlar sulh ijrosiga halaqit beradi. Holbuki, tinchlik kelishuvi endi samara bera boshladi, deydi u.

Rossiya G'arb davlatlarini Moskvaga qarshi qo'shimcha sanksiya joriy etmaslik haqida ogohlantirayapti. G'arb yana sanksiya qo'ysa, Ukrainada erishilgan sulhga qarshi ekanini isbotlaydi, deydi Rossiya rasmiylari.

Qo'shma Shtatlar va Yevropada ayrim rahbarlar Kremldan Ukrainada ayirmachilarni qo'llab-quvvatlashni bas qilishni talab qilmoqda. Aks holda Vashington va ittifoqchilar qattiqroq jazo choralari ko'rishi mumkin.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, bu tahdidlar sulh ijrosiga halaqit beradi. Holbuki, tinchlik kelishuvi endi samara bera boshladi, deydi u.

Lavrov nazarida sanksiyalar haqidagi da'vatlar aslida Amerika, Yevropa Ittifoqi va qator tashkilotlar Minskda erishilgan sulhga amal qilishga xohishi yo'q ekanidan nishona.

Ukraina armiyasi oxirgi uch kunda ayirmachilar bilan olishuvlar ko'lami qisqarganini tasdiqlayapti. Biroq port shahar Mariupol yaqinida separatistlar hujumlari hanuz davom etayotgani haqida xabarlar bor.

Ayirmachilar seshanba kuni og'ir qurollarni front zonasidan olib chiqa boshlagan. Ayrim jurnalistlar haqiqatan qurollar olib ketilayapti, deydi. Yevropa Ittifoqi kuzatuvchilari hali bu ma'lumotni tasdiqlaganicha yo'q.