Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga tashrif buyurgan Qrim rahbarlari bilan yarimorolning Rossiyaga qo’shilishiga doir bitim imzoladi.
Putinning marosimdan so’ng aytishicha, Qrim hamisha Rossiyaning ajralmas qismi bo’lgan va 1954-yilda Ukrainaga Sovet Ittifoqi paytida konstitutsiyaga zid holda sovg’a qilingan.
Yakshanba kuni Qrimda o’tgan referendum natijalariga ko’ra, hudud aholisining aksariyati Rossiyaga qo’shilishga ovoz bergan.
“Biz Ukrainaning bo’linishini istamaymiz, bizga buning keragi yo’q”, - dedi Putin.
Biroq ayni damda uning fikricha, Ukraina bilan aloqa qilish uchun qonuniy hukumat yo’q. Rossiya Kiyevdagi namoyishlar oqibatida Ukrainani tark etishga majbur bo’lgan Viktor Yanukovichni hali ham qonuniy prezident sifatida ko’radi.
AQSh, Yevropa va Ukraina muvaqqat hukumati referendum natijalarini tan olgani yo’q hamda Rossiyaning Qrimni o’ziga qo’shib olishini tanqid qilmoqda.
Britaniya Rossiya bilan harbiy hamkorlikni to’xtatishga qaror qildi. Bu mamlakat tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, Rossiya bilan rejalangan harbiy-dengiz mashqlari bekor qilindi.
Kecha AQSh va Yevropa Ittifoqi ketidan Kanada ham ayrim rossiyalik rasmiylarga sanksiya qo’llashi haqida bildirgan. Ularning hisob raqamlari muzlatiladi, mamlakatga kira olmaydi.
AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bugun Polshada. U Estoniya, Latviya, Litva va Polsha rahbarlari bilan Rossiya harakatlarini muhokama qilmoqda.
Prezident Obamaning aytishicha, Rossiyaning bundan keyingi provokatsion harakatlari uning dunyoda yakkalanishiga olib keladi.
"Xalqaro hamjamiyat Ukraina hududiy daxlsizligining buzilish holatlariga qarshi turadi", - dedi Obama.
Ukraina parlamentidagi “Udar” siyosiy partiyasi rahbari Vitaliy Klichko Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzishga chaqirmoqda.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Qrimning Ukraina tarkibidan chiqqanidan afsusda ekanini aytdi.