Rossiya sanoatlashgan yetti davlatning uni Katta Sakkizlik guruhidan chetlatish harakatini tanqid qildi. Rossiyaning Ukrainaga doir siyosatidan norozi G’arb mamlakatlari Katta Sakkizlikning iyun oyida Sochida rejalangan sammiti o’rniga Bryusselda Rossiya ishtirokisiz uchrashishga kelishib oldi.
Kecha bu mamlakatlar rahbarlari Gaagadagi yadro xavfsizligi anjumanida qo’shma bayonot chiqarib, Rossiya hozirgi siyosatidan qaytmaguncha uni guruh ishiga yo’latmaslikka kelishib oldi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Katta Sakkizlik norasmiy guruh bo’lib, unda a’zolik degan narsa yo’q va hech bir mamlakatni guruhdan chiqarib bo’lmaydi.
"Ammo qolgan yetti mamlakat Rossiya bilan guruh doirasida global masalalarni ortiq muhokama qilishni istamasa, buning Rossiya uchun fojiali joyi yo’q", - dedi Lavrov.
Gaagadagi sammit doirasida kecha Lavrov ilk bor Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Deshitsa bilan uchrashdi. Shu paytgacha Moskva Kiyevdagi yangi hukumatni tan olmay, uning vakillari bilan uchrashishdan bosh tortib kelayotgan edi.
Gaagada AQSh va Ukraina ham qo’shma bayonot qabul qildi. Unda Qrimning Rossiyaga qo’shilishi noqonuniy deb topildi.
Kecha Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qrimga borib, Rossiya tomoniga o’tgan harbiylar bilan uchrashdi. Ukraina esa Qrimda qolishni istamagan askarlarini yarimoroldan chiqarishga qaror qildi.
Qrim Moskva vaqtiga o’tdi. Hamma joyda Rossiya davlat bayroqlari ko’tarilgan. Ukraina milliy valyutasi grivna bilan bir paytda rubl ham muomalada. Aholiga nafaqa va to’lovlar rublda berila boshladi.
O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi voqealar yuzasidan yana bir bayonot chiqardi. Unda aytilishicha “O’zbekiston Respublikasining BMT Nizomi asosiy tamoyillari va xalqaro huquqiy me’yorlardan kelib chiqqan holda “yuzaga keladigan xalqaro bahslarni tinch vositalar bilan hal etish, xalqaro munosabatlarda har qanday davlatning hududiy daxlsizligiga yohud siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki uni qo’llashdan tiyilish” borasidagi pozitsiyasi qat’iy va o’zgarmasdir. “
Vazirlik Ukraina va Rossiyani yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun bevosita muzokara qilishga chaqirmoqda.
“Bunday holatda vaqt qancha ko’p o’tsa, shuncha ko’p qarama-qarshiliklar yuzaga keladi va vaziyat murakkablashadi”, deyiladi bayonotda.