AQShning ogohlantirishicha, agar Rossiya Qrimni Ukrainadan ajratib olishga harakat qilsa, diplomatiya eshiklari yopiladi. Ammo so’nggi xabarlarga ko’ra, Rossiya yarimorol ustidan harbiy nazoratni yanada kuchaytirgan.
Britaniya va Germaniya rahbarlari Vladimir Putinga qo’ng’iroq qilib, qo’shinlarni bazalariga qaytarishni so’ragan.
“Reyter” axborot agentligi Simferopol shahridagi harbiy bazaga Rossiyaga tegishli mashinalar kolonnasi kirib borgani haqida xabar tarqatdi. Guvohlarning so’zlariga ko’ra, zobitlarning kiyimida biror yozuv bo’lmasa-da, ular ruslar ekani ayon.
Ammo Kreml Qrimga qo’shin yuborganimiz yo’q, demoqda. Avtonom respublikaga uch marta kirishga harakat qilgan xorijiy kuzatuvchilar qurollangan to’dalar tomonidan quvilgan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, Kiyevdagi hukumat bilan gaplashishdan foyda yo’q, chunki u radikal millatchi guruhlarga qaram.
“Bu mojaro Ukrainadagi ichki ziddiyatlar bilan bog’liq, lekin tashqaridan olov yoqishdi. Bu olovni yoqqan biz emas. Kiyevda vaqtli hukumat deb ta’riflanayotgan guruh mustaqil ham emas, ular radikal to’dalardan buyruq oladi”, - deydi Lavrov.
AQSh va Rossiya prezidentlari va diplomatlari Ukrainadagi vaziyatni bir necha bor muhokama qilgan, ammo pozitsiyalar o’zgarishsiz qolayapti. Barak Obamaning aytishicha, Rossiya xalqaro qonunlarni buzayapti. Vladimir Putinga ko’ra esa Rossiya Qrimdagi rus aholini himoya qilish uchun aynan xalqaro qonunlar doirasida ish tutayapti. AQSh Rossiyaga qarshi qo’ygan sanksiyalar avvalo uning o’ziga ziyon keltiradi, deydi Kreml mutasaddilari.
Siyosatshunos Stiven Payfer deydiki, keskinlikni yumshatish uchun tezkor choralar ko’rmasa bo’lmaydi.
“Vaziyat hozir shunchalik qaltiski, 20 yoshli bir askar bilmasdan o’q uzib yuborsa Rossiya va Ukraina o’rtasida urush boshlanib ketadi”, - deydi u.
Tahlilchi Maykl Oxanlon ham qurolli to’qnashuvni bartaraf etish AQSh oldidagi eng dolzarb masala ekanini aytadi. “Urushdan hech bir tomon naf ko’rmaydi”, deydi u.
Barak Obama Qrimdagi vaziyat yuzasidan Yevropadagi ittifoqchilar, jumladan Britaniya, Italiya va Fransiya rahbarlari bilan muntazam aloqada. Shuningdek, Latviya, Litva hamda Estoniya prezidentlari bilan gaplashib olgan.
Vashington olg’a surayotgan talablar quyidagicha: Rossiya qo’shinlari bazalariga qaytishi kerak; xalqaro kuzatuvchilar va huquq faollari mintaqaga kiritilishi lozim. May oyiga belgilangan prezident saylovlari adolatli o’tishini ta’minlash ham muhim.
Qrim rahbariyati kelasi hafta Ukrainadan ajralib, Rossiyaga qo’shilish masalasini referendumga qo’ymoqchi. Kiyev va G’arb davlatlari tadbirni noqonuniy deya qoralamoqda.
Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 12-mart kuni Vashingtonga tashrif buyurib, Oq uyda prezident Obama bilan uchrashadi.
Your browser doesn’t support HTML5