Timoshenko saylovni “g’irt uydirma” deya tanqid qildi

  • Amerika Ovozi

Timoshenkoning saylov oldi targ'ibot varaqalari: "Sizga ishonaman!"

Ukraina sobiq bosh vaziri, qamoq jazosini o’tayotgan Yuliya Timoshenko yakshanba kungi parlament saylovlarini soxta deya, norozilik tariqasida tuz totishdan bosh tortmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 2-noyabr, 2012-yil


Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton ham ovoz berish jarayonini tanqid qilib, Ukraina demokratiyadan chekinmoqda, degan edi.

Xarkovdagi kasalxonaga yetkazilgan Yuliya Timoshenko so’zlariga ko’ra, prezident Viktor Yanukovich boshliq partiya foydasiga hal bo’lgani aytilayotgan poygalar “g’irt uydirma”.

Ovozlarning 99 foizi sanab bo’lingan va hukmron Regionlar partiyasi 30 foiz bilan oldinda. Timoshenkoning “Batkivshina”, ya’ni Ota-yurt partiyasi 25,4 foiz bilan ikkinchi o’rinda.

Xalqaro kuzatuvchilar bahosicha, poyga xolis o’tmagan, hukmron partiya davlat resurslaridan foydalanib, axborot olish erkinligi cheklangan.

Timoshenko bosh vazira paytida Rossiya bilan gaz borasida bitim imzolagan va o’tgan yilgi sud hukmiga ko’ra, hujjat Ukraina manfaatlariga zid bo’lgan.

Vazira mansabni suiiste’mol qilganlikda aybdor topilib, yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Sud huquq himoyachilari va G’arb tanqidiga sabab bo’lgan edi.

Qo’shma Shtatlar nazarida Timoshenkoning ishi siyosiy ig’vo va prezident Yanukovich raqiblarini ta’qib qilish amaliyotidan voz kechishi kerak.