Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk, qonunchilar va hokimlar qatnashayapti, biroq ayirmachilardan vakil kelmagan.
Your browser doesn’t support HTML5
Ukraina sharqidagi Kramatorsk shahrida kecha bo’lginchilar va harbiylar olishib, yetti askar o’lgan. Ketidan bugun Kiyevda milliy birdamlik muhokamada.
Mazkur muzokaralar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlab chiqqan rejaning davomi. Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk, qonunchilar va hokimlar qatnashayapti, biroq ayirmachilardan vakil kelmagan.
Kramatorskdagi to’qnashuv Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer Kiyevga safar qilayotgan bir paytda ro’y berdi.
U muzokara hukumat, fuqarolik jamiyati vakillarini bir davraga to’playdi, oy oxiridagi saylovlar oldidan Rossiyaga moyil separatistlarni qurolini tashlashga ko’ndiradi, degan umidda.
AQSh Davlat departamenti ommaga havola qilgan, sun’iy yo’ldosh orqali olingan suratlarda Ukraina bilan chegarada Rossiya qo’shinlarini ko’rish mumkin. Moskva o’tgan hafta askarlarni chegaradan qaytarib olganini aytib ishontirgan edi.
Suratlar 9-mayda tushirilgan. Unda chegara yonidagi Belgorod, Mariupol shaharlarida rus vertolyotlari, zirxli mashinalarni ko’rish mumkin.