AQSh Ukraina hukumati va muxolifat o’rtasida erishilgan bitimni zaif va xalqaro hamjamiyat qo’llab-quvvatloviga muhtoj demoqda. Davlat departamenti juma kuni chiqargan bayonotga ko’ra, zo’ravonlik va o’lim holatlari kuchaygani bois ko’chadagi namoyishchilarni kelishuv shartlariga ko’ndirish qiyin bo’ladi.
Prezident Obama Rossiya rahbari Putin bilan telefon orqali Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan. Oq uy rasmiysining aytishicha, tomonlar kelishuv ijrosini tezroq amalga oshirish hamda zo’ravonlikka chek qo’yish masalasida yakdil ekanini izhor etgan.
Rasmiyga ko’ra, Putin Rossiyaning bitim ijrosini ta’minlashda ishtirok etish niyatida ekanini ta’kidlagan. Rossiya rahbari, shuningdek, Ukraina iqtisodiyotini barqarorlashtirish masalasini ham ko’targan.
BMT Bosh kotib Pan Gi Mun telefon orqali Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich bilan gaplashib, muxolifat bilan erishilgan sulhni olqishlashini ta’kidlagan.
Yanukovich va muxolifat yetakchilari o’rtasida 21-fevral kuni tuzilgan sulhga ko’ra, hozirgi konstitutsiya 2004-yilgi holatga qaytariladi. Prezident vakolatlari qisqartirilib, muvaqqat hukumat tuziladi va parlament uchun erta saylovlar o’tkaziladi.
Ko’plab namoyishchilarning o’limida ayblanayotgan Ichki ishlar vaziri Vitaliy Zaxarchenko ham mansabidan olinishi belgilangan. Shuningdek, Jinoyat kodeksiga o’zgartirish kiritilib, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoning ozodlikka chiqarilishi kutilyapti.
“Amerika ovozi”ning Kiyevdagi muxbiriga ko’ra, ko’chadagi namoyishchilar erishilgan sulhdan to’liq mamnun emas. Ularning ayrimlari dekabrga belgilangan saylovlarning juda kech ekanidan norozi. Boshqalar esa Yanukovichning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qilmoqda.
Sulhga imzo chekkan yetakchilar ham hukumat va muxolifat o’rtasida ishonchsizlik katta ekanini tan oladi. Ular kelishuvning xalq orasida keng miqyosda qabul qilinmasligidan xavotirda.
Hafta boshida Putin Ukraina hukumati va muxolifat o’rtasidagi muzokaralarda yordamlashish uchun o’z vakili, inson huquqlari bo’yicha Rossiya ombudsmani Vladimir Lukinni Kiyevga jo’natgan edi. Rossiya prezidenti Yanukovichning sodiq himoyachisi sifatida ko'riladi.
“Reyters” axborot agentligining xabar berishicha, muzokaralarda Yevropa ittifoqi nomidan qatnashgan Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy so’nggi kelishuvga erishishda Rossiyaning ishtiroki muhim bo’lganini aytgan.
Kelishuv ortidan politsiya va harbiylar Kiyev ko’chalarini tark eta boshlagan. 21-fevral kuni tushdan so’ng Ukraina Parlamenti binosini qo’riqlayotgan politsiyachilar ham o’z postlarini tashlab ketgan.
20-fevral Ukraina uchun Sovet ittifoqidan ajrab chiqqandan beri eng qonli kun sifatida tarixga kirdi. Shu kuni namoyishchilar va politsiya o’rtasida bo’lib o’tgan to’qnashuvlarda 70 dan ziyod odam halok bo’ldi. Yuzlab odamlar esa turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.
http://english.share.voanews.eu/flashembed.aspx?t=phg&id=1855683&w=640&h=506&skin=embeded