AQShda 50 senator, Kongress yuqori palatasining yarmi, BMTning Qurol savdosiga doir bitimini ma’qullamoqchi emas. Loyiha 70 milliard dollarlik global qurol bozorini tartibga soladi.
BMTning majburiy kuchga ega bu hujjati oddiy qurol-aslahaning import-eksporti, chegaradan o’tishini xalqaro normalarga soladi. Tanklar, jangovar kemalar, vertolyotlar, kichik turdagi qurollar shular jumlasidan. Maqsad qurollar jinoyatchilar va inson huquqlari buzg’unchilari qo’liga tushib qolishining oldini olish.
"Oxfam" gumanitar tashkilotining qurol nazorati bo’yicha mas’ul vakili Ann Makdonald bitimda o’q-dori haqida ham so’z boradi, deydi.
“Amunitsiya - o’q-dori juda muhim, chunki qurollar tinimsiz qo’ldan qo’lga o’tadi. Ayniqsa, Afrikadagi mojaroda bunga guvoh bo’lganmiz. O’qsiz quroldan foyda yo’q-ku. Ayrim mintaqalarda shuni ko’rdikki, o’q-dori ta’minoti mojarolarga o’t yoqib turgan asosiy omil edi”.
BMT Qurol savdosiga doir bitimni shu yilning aprelida ko’pchilik ovoz bilan ma’qullagan edi. Faqat Eron, Shimoliy Koreya va Suriya loyihaga qarshi ovoz berdi.
Qurol nazorati uyushmasi nomli xususiy tahlil firmasi rahbari Daril Kimball nazarida hujjat oddiy qurollar xalqaro bozorida mavjud yoriqlarni yamaydi:
“Ko’p davlatlar qurol eksportini mutlaqo nazorat qilmaydi. Aksariyat mamlakatlarda qonunlar bor, lekin ijrosi oqsaydi. Bundan tashqari, qora bozorlar borki, hukumatlarning tishi o’tmaydi. Bu bitim barcha davlatlar uchun mushtarak qonunlar majmuini yaratadi. Mahalliy qonunlarda mavjud teshiklardan himoya rolini o’taydi”.
Ann Makdonald fikricha, hujjat inson huquqlari jihatidan ham ahamiyatli:
“Bu global sistema qurol kirib-chiqqan yoki tranzit zonasi sanalgan davlatlar hukumatlarini xushyorlikka, mas’uliyatga chaqiradi. Bu aslaha inson huquqlarini poymol qilish, gumanitar qonunlarni buzishda ishlatilmasligi kafolatlanishi kerak. Bu maqsadlarda qo’llanishiga salmoqli ishora bo’ldimi, qurollar tanziti yoki savdosi rad etilishi shart”.
110 dan ziyod davlat, xususan, Amerika bitimni imzolagan. Lekin faqat yetti mamlakat uni ratifikatsiya qilib, qonun sifatida tan olgan.
Qo’shma Shtatlarda qurolga egalik huquqini himoya qiluvchi yirik uyushma xalqaro bitimga qarshi. Kongress yuqori palatasining yarmi, 50 senator ham ayni pozitsiyada. Bitim majburiy, qonuniy kuchga ega bo’lish uchun 67 senator roziligini olishi lozim.
Opponentlar deydiki, BMT tashabbusi Amerika fuqarosining konstitutsiyada himoya qilingan qurolga egalik huquqiga ziddir.
Ammo Ann Makdonald hujjat global qurol bozori, chegaradagi savdo haqida deb eslatadi:
“Mahalliy qurol-aslaha savdosi emas, xalqaro tranzit haqida gap ketayapti. Senatorlar buni anglashi lozim, chunki noto’g’ri axborot tarqalmoqda. Go’yoki, hujjat AQShda qurolga egalik huquqiga ziyon qilishi mumkin ekan. Yo’q, gap xalqaro savo-sotiqda. Qo’shma Shtatlar ushbu hujjatni ma’qullash uchun o’z qonunlariga tuzatish kiritishi kerak emas”.
Daril Kimball so’zlariga ko’ra, AQShning roziligi u qadar muhim emas:
“Hujjat kuchga kirishi uchun aynan Amerikaning ratifikatsiyasi zarur emas. Bitimni 50 mamlakat yoqlab chiqsa, qonuniy maqomga ega bo’ladi”.
AQSh senatorlari roziligini olish, bu orada, uzoq va mashaqqatli kechadi, deya bashorat qiladi tahlilchilar.