BMT Xavfsizlik kengashida Shimoliy Koreyaga qarshi yangi jazo choralari

  • Amerika Ovozi

AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer

AQSh va uning ittifoqchilari BMT Xavfsizlik Kengashi orqali Shimoliy Koreyaga yangi jazo choralarini tatbiq etish arafasida.

Tez orada qabul qilinishi kutilayotgan rezolyutsiya orol davlatdan keladigan barcha eksport mollarini tekshiruvdan o'tkazishni hamda harbiy maqsadlar yo'lida foydalanish mumkin bo'lgan mahsulotlarni bu o'lkaga import qilmaslikni talab qiladi.

"Agar qabul qilinsa, bu sanksiyalar Shimoliy Koreya rejimiga jiddiy ogohlantirish bo'ladi. Dunyo ular tutgan yo'lni qabul qilmaydi", - dedi AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer.

Rezolyutsiya AQSh va Xitoy o'rtasidagi yetti haftalik muzokaralar ortidan taqdim etilmoqda.