Antionio Guterres - BMTning keyingi bosh kotibi

  • Amerika Ovozi

67 yoshli Guterres Portugaliyada 1992-2002-yillar orasida bosh vazir, keyin BMTning qochqinlar idorasi rahbari bo'lib ishlagan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi kelasi bosh kotibni tanladi.

BMTning keyingi bosh kotibi etib Antonio Guterres saylandi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi elchisi Vitaliy Churkin e'lon qildi. Bosh kotib besh yilga saylanadi.

Xavfsizlik kengashining 15 a'zosi ko'pchilik ovoz bilan tajribali siyosatchining nomzodini ma'qulladi.

67 yoshli Guterres Portugaliyada 1992-2002-yillar orasida bosh vazir, keyin BMTning qochqinlar idorasi rahbari bo'lib ishlagan.

Global muammolar yechimi uchun sharoit yaratmoqchiman, deydi Guterres.

Amaldagi bosh kotib Pan Gi Munning xizmat muddati joriy yil oxirida nihoyasiga yetadi.