AQShda 11 milliondan oshiq noqonuniy muhojir bor. Shu yilning iyun oyida prezident Obama 30 yoshdan kichik bo’lgan hujjatsiz immigrantlarning vaqtincha deportatsiya qilinmasligi haqida qaror chiqardi.
Merilend shtatida o’tgan yili qabul qilingan qonunga ko’ra, noqonuniy muhojirlarning hujjatsiz bolalari shtat kollejlarida mahalliy talabalar kabi to’lov imtiyoziga ega bo’lishi mumkin. Ammo qonunning kuchga kirishi yaqinda bo’lib o’tadigan referendum natijasiga bog’liq.
Ivetta Roman Peruda tug’ilgan. U AQShga yoshligida ota-onasi bilan birga kelgan noqonuniy muhojirlardan. Merilendda katta bol’gan Ivetta maktabni a’lo baholarga tamomladi. Endigi maqsadi oliy o’quv yurtida o’qish.
“Juda xursand edim. Nihoyat kollejga kiryapman, orzuimga yetdim, deb quvonayotgan edim”, - deydi u.
Ivettaning afsus bilan gapirishiga asos bor. Hujjatsiz muhojir bo’lgani uchun u o’qishga mahalliy talabalardan ko’ra ko’proq pul to’lashi kerak.
“Hammasi tamom bo’ldi, endi nima qilaman, deb o’yladim. O’qishimga to’lashning boshqa yo’llarini qidira boshladim. Osonlikcha taslim bo’lgim yo’q. Kollejga borish mening yagona orzuim, axir”, - deydi muhojir qiz.
O’tgan yili qabul qilingan qonunga ko’ra, noqonuniy muhojirlar ham endi o’qishga pul to’lashda mahalliy amerikaliklar kabi imtiyozli huquqqa ega. Ammo referendumdan o’tmasa, qonun bekor qilinadi.
Qonunchi Anna Kayzerga ko’ra, bunday huquq hammaga ham berilmaydi.
“Qonun talablari qattiq. Eng qobiliyatli, qonun-qoidalarni buzmagan va shtatdagi ta’lim imkoniyatlaridan unumli foydalanishni xohlaydigan yoshlargagina shunday imtiyoz beramiz”, - deydi u.
Agar qonun referendumda yoqlansa, muhojirlarning hujjatsiz bolalari shtat kollejlarida imtiyozli narx bilan o’qishlari uchun, avvalo, ikki yillik terxnikumlarni bitirishlari lozim.
Shuningdek, ularning ota-onalari kamida besh yil shtat daromad solig’ini to’lagan bo’lishi hamda doimiy rezidentlikka o’tishlari kerak.
“Bu qonunbuzarlarni taqdirlash bilan barobar. Hujjatsizlar soni yanada oshib, qonuniy fuqarolarning huquqlari toptaladi”, - deydi qonunga qarshi bo’lgan Kristen Vilyamson.
Kristen Vilyamson Amerika immigratsiyasini isloh qilish federatsiyasi a’zosi. Tashkilotga ko’ra, agar qonun kuchga kirsa, uch ming hujjatsiz talaba o’qish uchun to’lov imtiyozini qo’lga kiritishi mumkin.
“Bunday imtiyoz berish shtatda noqonuniy muhojirlar sonini yanada oshirishga xizmat qiladi, xolos. Ularga yordam berish uchun pul sarflashdan foyda yo’q. Chunki, baribir, noqonuniy muhojirlarga bu yerda doimiy ishlash uchun ruxsat berishmaydi”, - deydi u.
Hozircha Ivetta Romanda ishlash va yashash uchun ikki yillik ruxsatnoma bor. U kabi muhojir yoshlar AQShda qolib kollejda o’qishni hamda shu yerda ishlab, nihoyat AQSh fuqaroligini qo’lga kiritishni istaydi.

Your browser doesn’t support HTML5