Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi ish boshlab, har bir davlat o’zi muhim deb bilgan mavzularni ko’tarishdan tashqari jahon hamjamiyatini birday tashvishga solayotgan masalalarni muhokama etadi, jumladan Suriya mojarosini.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 67-sessiyasida har yili bo’lgani kabi deyarli barcha davlatlar rahbarlari ishtirok etadi. Bir necha kun davom etadigan forum dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni dunyo jamoatchiligiga eslatish uchun yaxshi imkoniyat.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, 20 mingdan ziyod odamning yostig’ini quritgan, millionlab insonlarni muhtoj qilgan Suriya mojarosi sessiya diqqat markazidagi mavzulardan.
Bosh kotib anjuman kunlari 120 dan ziyod davlatlar rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashishini, Suriya masalasini har biri bilan muhokama qilishini aytdi.
Chorshanba kuni Pan Gi Mun Arab Ligasi rahbarlari bilan mavzu yuzasidan majlis qiladi. AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton ham Suriyadagi gumanitar ahvolga doir forumga raislik qiladi.
Nyu-yorklik tahlilchi Jeffri Lorenti mavzuga qiziqish katta, ammo sessiyadan olamshumul natija kutmang, deydi.
"Rasmiy nutqlarda Suriya ko’p tilga olinishi tabiiy. Ammo amaliy tomondan ko’p ish qilinmaydi", - deydi u.
Sessiya kunlari Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya Eron yadro dasturi xususida ham gaplashadi. Tehron dastur yuzasidan so’ralgan savollarga javob berishdan bosh tortishda davom etayotgani hamda yadro bobidagi ayrim yutuqlari yetakchi davlatlarni xavotirga solmoqda.
AQSh prezidenti Barak Obama ham Bosh Assambleyada nutq so’zlaydi. Tahlilchi Jeffri Lorentining aytishicha, Obama saylov kampaniyasiga zo’r berar ekan, uning ma’ruzasi, xalqaro mavzuda bo’lsa ham, asosan amerikalik saylovchilarga qaratilgan bo’ladi.
"Prezident Amerika siyosatini qiziqtirayotgan masalalarni ko’tarishi tabiiy. Bu Suriya va Eron. Bundan tashqari Obama tanqidchilari uni Isroilga yetarlicha e’tibor qaratmayotganlikda ayblab keladi. AQSh rahbari o’z nutqida bu da’volarning asossiz ekanini isbotlashi zarur", - deydi tahlilchi.
Misrdagi inqilob natijasida hokimiyatga kelgan prezident Muhammad Mursiyning ma’ruzasi hamda Birmadagi demokratik o’zgarishlar ham sessiya diqqat markazida bo’lishi kutilmoqda.
Xillari Klintonning aytishicha, dunyo hamjamiyati bir yoqadan bosh chiqarib Yaqin Sharqda demokratik taraqqiyotga g'ov bo'layotgan ekstremist kuchlarga qarshi kurashishi lozim.
"Yillar davomida diktatorlar boshqaruvi ostida bo'lgan ayrim mamlakatlarda demokratik jarayonlar tufayli ajoyib imkoniyatlar paydo bo'lmoqda. Endi bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, demokratik orzularni samarali davlat tizimi va farovon iqtisodiyot shaklida amalga oshirish kerak", - dedi Klinton.
Your browser doesn’t support HTML5