Amerikada ateistlar ibodatxonalarda yig'ilib turadi

  • Amerika Ovozi
Amerikaliklar orasida hech qanday dinga mansub bo’lmaganlar ko’p. Kimdir o’zini ateist yoki skeptik deb biladi, ba’zilar esa dindor emas, lekin ma’naviy qadriyatlarga ishonadi. Bunday odamlar ham yig’ilib turadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Dinsizlar boradigan "cherkovlar" - Navbahor Imamova


Ilhom va umid baxshida etuvchi musiqa va qo’shiq. She’riyat, madaniy tadbirlar. Yig’in o’tadigan joy uchun ijara pulini to’plash.

Yakshanba yig’inlari o’tgan yili Britaniyada boshlangan edi. Los-Anjelesda ham oyiga bir marta o’tkazilmoqda.

Emi Boyl bu tadbirlarga bosh-qosh. Xudo haqida gapirmaymiz, deydi.

“Tashkilotchilar xudoga ishonmaydi. Bu yerga kelganlarning aksariyati ham shunday. Biz bu masalaga katta e’tibor bermaymiz. Aksincha, “ha, umumiy jihatimiz shu, buni aniqladik. Bundan buyon birgalikda nima ishlar qilishimiz mumkin”, deymiz?”

Luis Monako uchun yig’inlarning eng qiziq tarafi – boshqa skeptiklarni uchratish imkoni.

“Xudoga ishonmaydiganlarning aksariyati, masalan, ateistlar, agnostik va skeptiklar o’zini yolg’iz sezadi. Ular uchun ochiqchasiga gaplashish imkonini beradigan jamoalar topish oson emas,” - tushuntiradi Monako.

Dindor bo’lmaslikda ham gap ko’p, deydi dunyoviy fanlar bo’yicha professor Fil Zakerman.

Ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, har besh amerikalikdan biri dindor emas. 30 ga yetmaganlarning uchdan biri ham shunday. Yoshligida har yakshanba cherkovga borganlar bu odatni qo’msaydi.

“Dinidan voz kechgan odamlar kam emas. Ular g’ayritabiiy narsalarga ishonmasa-da, din bilan bog’liq amaliyotlar, masalan, hamhijatlik, bolalar uchun tashkil etiladigan tadbirlar, boshqalar bilan ma’naviy va ruhiy rishtalar, ijtimoiy adolat kabi qadriyatlar, hatto musiqaga hojat sezadi,” - deydi professor.

Guruh a’zolari xayriya tashkilotlarida ko’ngilli xizmat ko’rsatishi mumkin. Ba’zilar bolalarga dars qilishda yordamlashadi.

Tashkilotchi Yan Dodd harakat a’zolari dinning qadr-qimmatini tan oladi, deydi.

“Asosiy dinlardagi eng yaxshi jihatlarni, umumbashariy qadriyatlarni avaylagan holda, bizga mafkura nuqtai nazardan mos kelmaydigan jihatlaridan voz kechamiz. Foydali taraflarini saqlab qolamiz,” - deydi u.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikaning ateistlari - Atheists in the US