Amerika Yevropadagi o'ndan oshiq bazalarini yopishni, Mudofaa vazirligi shu tariqa yiliga 500 million dollarni tejashni rejalayapti.
Bu qaror AQShning Yevropadagi mudofaa salohiyatiga ziyon qilmaydi, aksincha, bor kuchlarni samaraliroq qo'llashga xizmat qiladi, deydi Pentagon rasmiylari.
Yevropada yopilishi kutilayotgan bazalar ro'yxatida Britaniya, Germaniya, Belgiya va Niderlandiyadagi harbiy obyektlar bor.
Misol uchun, Londonda yopilishi kutilayotgan "Royal Air Force" bazasida tanker, maxsus samolyotlar bor va u yerda amerikalik 3200 askar hamda ularning oilalari yashaydi.
Bu va boshqa harbiy inshootlardan Ikkinchi jahon urushidan beri foydalanib kelinadi.
Your browser doesn’t support HTML5