Kaliforniya gubernatori Jerri Braun Xitoyga tashrifi chog’ida temir yo’l, muqobil energiya manbalari va elektr tokida ishlaydigan texnologiyaga sarmoya jalb etishga harakat qildi. Iqlim o’zgarishiga qarshi kurash safarning asosiy mavzusi edi.
Tashrif boshida Xitoyning nufuzli Tsingua Universitetida so’zlagan gubernator Jerri Braun AQSh va Xitoy zaharli gazlarning atmosferaga chiqishiga qarshi birga kurashib, bu maqsadda yangi texnologiyalar kashf etishi kerakligiga urg’u berdi:
“Xitoy bu texnologiyalar narxining pasayishida, odamlarning karmoni ko’tarishida asosiy rol o’ynagan davlatlardan. Demak, hamkorlik uchun asos bor”, - deydi Jerri Braun.
Braun shuningdek Bosh vazir Li Kechyan va Tabiat muhofazasi vaziri Ju Shensyan bilan uchrashdi. Braun va Ju atmosferani zaharlaydigan gazlar hajmini kamaytirishga oid ma’lumot almashishga kelishib oldi. Pekin uchun bu dolzarb masala. Havoda odam salomatligi uchun zararli gazlar ko’payganida fuqarolarga uydan chiqmaslik tavsiya etiladi.
Kaliforniyaning eng katta shahri Los-Anjeles so’nggi yillarda zararli gazlardan ancha qutuldi. Buning uchun avtomobillardan chiqadigan tutunni cheklovchi qonunlar qabul qilingan, toza energiyadan foydalanadiganlar uchun imtiyozlar yaratilgan. 2020-yilga borib shtatda 20 ming megavattga teng yangilanadigan energiya manbalari yaratiladi.
Mayk Xart “Sierra Energy” “yashil” energiya korporatsiya rahbari:
“Elektr motorlar, masalan biologik yoqilg’ida ishlaydigan motor va mashinalardan foydalanishni kengaytiramiz. Texnologiya rivojlanishi mumkin sohalar juda ko’p. Lekin buning uchun yangi infratuzilma kerak”, - deydi Xart.
Infratuzilmani qurishda Kaliforniya Xitoy bilan hamkorlik qilmoqchi. Bu mamlakatda davlat tashabbusi bilan turli “yashil” texnologiyalar, xususan, quyosh quvvati panellari va elektr tokida ishlaydigan avtobuslar ommaviy asosda ishlab chiqariladi. Bu esa mamlakatda azaldan qimmat texnologiyalar narxini pasaytirish imkonini berdi.
Xitoyni Kaliforniya bilan savdo-sotiq hajmini oshirishga undamoqchiman, deydi Braun. “Yashil” texnologiyalar potensial hamkorlikning birgina yo’nalishi, xolos.
“Kaliforniya har bir sohada sarmoyaga muhtoj. Xitoyga tovarlar sotishni ham rivojlantirmoqchimiz. Maqsadimiz – ikki tomonlama hamkorlik”, - deydi gubernator.
U boshliq delegatsiya tarkibiga tabiat muhofazasi bo’yicha konsalting firmalari vakillari va ekolog-olimlar ham kiritildi. Ular deydiki, Xitoy atmosfera zaharlanishi muammosiga yuz tutganidan keyin yechim qidira boshlagan va turli texnologiyalar ishlab chiqishga muvaffaq bo’lgan. Demak, bu muammo dolzarb Kaliforniya Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirishi va tajriba o’rganishi kerak.

Your browser doesn’t support HTML5