AQShda kasb-hunar maktablarida o'qiyotgan yoshlar ko'paymoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Ilm va ish. Amerika maktablarida - Cooking up a Career

AQShda maktabni bitirayotgan o'quvchilarning aksariyati tibbiyot, huquqshunoslik yoki muhandislik singari sohalarni tanlaydi. Ammo oshpaz, quruvchi yoki mexanik bo'laman deganlar ham kam emas. Chunki ishingizni yaxshi uddalasangiz, maoshlar yomon emas. Bunday yoshlar uchun maxsus maktablar, o'quv kurslari tashkil etilgan.

Vashington yaqinidagi Tomas Edison texnologiya maktabi ana shunday o’quv dargohlaridan biri.

Your browser doesn’t support HTML5

AQShda kasb-hunar maktablari, Behzod Muhammadiy


Metyu Vimmer pazandalikka mehr qo’ygan. Oilada onasi va buvisi ham mashhur oshpazlar bo’lishgan.

“Ular meni mohir oshpaz bo’lishga ilhomlantirdi”, - deydi u.

Hozir u maktabda shu kasb sirlarini o’rganmoqda.

“Yangi g’oyalarni, yangi ish usullarini o’rganyapman”, - deydi Metyu.

Boshqa talabalar ham shu hunarni egallamoqda.

“Bu yerga kelganimda, dastlab, pishirishning har xil usullaridan bexabar edim”, - deydi Kiana Vilkerson.

Restoranlarni boshqarish kursi talabalari bugun salat tayyorlashni mashq qilmoqda. Ularning ustozi bosh oshpaz Tereza Smit.

“Hammasini boshidan o’rgatishga harakat qilamiz. Hisob-kitob, tejamkorlik kabi asosiy malakalarni ham o’rgatamiz. Shuningdek, pichoqdan to’g’ri foydalanish, xavfsizlik va sanitariyaga ham katta e’tibor qaratamiz”, - deydi u.

Lupita Rivera pazanda bo’lishni orzu qiladi. Restoranlarda ishlash menga yoqadi, deydi u.

“Bunday sharoit boshqa hech qayerda yo’q”, - deydi u.

Maktab ma’muri Karen Vilson bu yerga hududdagi turli maktablardan o’quvchilar kelishini aytadi.

“18 xil kursimiz bor”, - deydi u.

Ana shunday kurslardan biri hamshira yordamchisini tayyorlaydi. Avtomexanik kursi mashinalarni tuzatishni, kosmetika darslari esa yuz va teriga parvarish berish sirlarini o’rgatadi.

“O’quvchilar kimyo, anatomiya va psixologiyadan ham dars oladi. Haqiqiy mijozlar bilan ishlashadi”, - deydi maktab rasmiysi.

Oshxonada talabalar salat tayyorlash bilan band.

“Besh xil salat tayyorladik. Men pastali sho’rva salatini qildim. Unga zaytun, piyoz, pomidor, qalampir, tuz, limon va uzum sirkasi solinadi”, - deydi o’quvchilardan biri.

Endi navbat mazasini tatib ko’rishga.

“Bu yerda taomlarni turlicha tayyorlashni o’rganasiz. Masalan, men pishirgan ovqatga ko’proq sirka solish ham mumkin”, - deydi u.

O’quvchilar mahoratlarini shu tariqa oshirmoqda. Ularning har biri kelajakda shef-povar bo’lishni istaydi.