Kelasi ikki yilda ko’p narsa o’zgarishi mumkin, ammo Obama ma’muriyati qo’shinlar Afg’onistonni 2014-yil oxirigacha butkul tark etadi degan qarorida qat’iy. Amerikaning Markaziy Osiyoga e’tibori aynan afg’on urushi sabab oshganini hisobga olsak, 2014-yildan keyingi hamkorlik nimaga asoslanadi? Vashingtonda bu borada qizg’in bahslar ketmoqda.
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) - Vashingtondagi yetakchi tahlilchilar va siyosatdonlarni o’z bag’riga olgan maskan. Lekin ular orasida aynan Markaziy Osiyo bo’yicha izlanishlar olib boradigan olimni topish qiyin. Mintaqani kuzatadiganlar asosan Rossiya va butun Yevrosiyodagi vaziyatni o’rganadigan siyosatshunoslar.
Shulardan biri Jeffri Mankoff (Jeffrey Mankoff) yaqinda “Qo’shma Shtatlar va Markaziy Osiyo, 2014-yildan keyin” degan mavzuda katta ilmiy ish yozdi.
Mankoff tahlili shundan iboratki, Amerika uchun regionda qiladigan ish ko’p. Islohotlarni quvvatlash, barqarorlikni saqlash va iqtisodiy jihatdan yordam berish. Bular zarur, ammo bag’oyat qiyin vazifalar, deydi u.
Mintaqa davlatlari Amerikadan nima istaydi? Ularning maqsadi AQShniki bilan qanchalik hamohang? Bularni hali bilmaymiz, deydi u.
Shunisi aniqki, Markaziy Osiyodagi besh hukumat, aksariyati avtoritar, Vashington ularni quvvatlashini istaydi.
Siyosiy islohotlar, huquq va erkinlik haqida ular bilan kelishish deyarli mumkin emas. Demokratiya tushunchasi ular uchun o’zgacha ma’noni anglatadi. Shu bois ham Obama ma’muriyati ikki tomonga birdek ma’qul sohalarda ishlashga urinmoqda, masalan, xavfsizlikni ta’minlash yoki qoradori savdosiga qarshi kurash.
“Rossiya va Xitoy yaqin qo’shnilar. Amerika ular bilan bellashishga harakat qilmaydi, lekin ular bilan region yuzasidan birga ishlashni o’rganishimiz kerak”,- deydi Jeffri Mankoff.
“Har ikki davlat AQShning asl niyati nima deb doimiy shubha ostida yashaydi. Vashington maqsad xolis ekanini tushuntirishi kerak”.
Xitoy va Rossiya Markaziy Osiyo davlatlariga katta sarmoya kiritgan biznes hamkorlar va bu mamlakatlar tinch yashashidan birdek manfaatdor, deydi olim. Albatta, ular o’z ta’sir kuchini oshirishga harakat qilmoqda. 2014-yildan keyin AQSh mintaqaga tobe bo’lmaydi va shu sabab ham hamkorlik shartlari o’zgaradi.
Obama ma’muriyati bu borada chuqur o’ylanishi va konkret rejalar bilan chiqishi kerak, deydi tadqiqotchi. Markaziy Osiyo davlatlarini integratsiyaga undash va ularga ko’maklashish – Amerika uchun ma’qul yo’llardan biri, deya tavsiya qiladi u. Bunda, deya qo’shadi Jeffri Mankoff, Rossiya bilan yaqindan hamkorlik qilish kerak.
Uzoq yillar diplomatlik qilgan, keyinchalik Jorj Bush ma’muriyatida davlat xavfsizligi masalalari bilan shug’ullangan, asosan Rossiya bo’yicha mutaxassis Tomas Grexem (Thomas Graham) “Markaziy Osiyo 2006-yilgacha AQShning biror strategik hujjatida prioritet deb belgilanmagan edi”, deya tan oladi.
Uning fikricha, mintaqa hali ham Amerika hukumati uchun eng dolzarb mavzulardan biri emas. Afg’onistondan keyin e’tibor pasayishi tayin, deydi u. Hamkorlikni oshirish uchun sharoit va mablag’ kerak. Har ikkisiga javob “yo’q” ekan, ko’p narsa kutmang, deydi u.
Rossiya – boshqa gap, deydi Tom Grexem. Bu davlat Amerika uchun doimiy prioritetlardan biri. Markaziy Osiyo xavfsizligi haqida gap ketganda, Rossiya katta qudratga ega ekanini unutmaslik kerak. Amerika Rossiyaning mintaqadagi roli oshishiga qarshi chiqmaydi.
To’g’ri, Vashington o’z nufuziga ega bo’lishni istaydi, lekin Rossiya bilan regionda bellashmaydi, deydi Grexem. Jeffri Mankoffning “AQSh mintaqa yuzasidan Rossiya bilan hamkorlik qilishi kerak” degan taklifiga u qisqa qilib, “Moskva bunga qiziqmaydi” deya javob beradi.
Vashingtonda Markaziy Osiyo deganda hammaning xayoliga keladigan yetakchi olim Fred Starr, Jons Xopkins Universiteti professori, bir narsaga hayron: Nima uchun mintaqa xususida gapirganimizda hamon Rossiyani o’ylaymiz? Bu Amerikaning strategik xatosi bo’lib qolmoqda, deydi u.
“Markaziy Osiyo davlatlari - besh mustaqil va suveren respublika. Xalqaro maydonda tan olingan va mustaqil kuch sifatida oyoqqa turishga urinayotgan mamlakatlar. Har biri alohida qaralishni, o’z nufuzi va pozitsiyasiga ega bo’lishni istaydi. Ularga Rossiya nuqtai nazaridan yoki uning rolidan kelib chiqqan holda qarash ahmoqlik”, - deydi professor Starr.
Starr fikricha Amerikaning mintaqa bilan aloqalari qanday bo’lishini nafaqat Vashington, balki tegishli davlatlarning rahbarlari hal qiladi. AQSh shuni unutmasligi kerakki, bu respublikalar g’arbu-sharq bilan birdek hamkorlik qilishni, bir davlatga tayanib qolmaslikni xohlaydi.
Amerika Yangi Ipak Yo’li tashabbusini targ’ib qilar ekan, shu paytgacha ishga solingan ayrim loyihalari va bergan va’dalarini unutmasin, deydi olim.
“Biz qanchalik ishonchli hamkormiz? Ular bizga qay darajada tayana oladi?” – degan savollarni o’rtaga tashlaydi Fred Starr.
Amerika hissasidan qat’i nazar, Markaziy Osiyoning har bir davlati o’z yo’lida shakllanishda, qo’shnilar bilan aloqalarni kengaytirishda, o’zi bilganidek rivojlanishda davom etadi, deydi u.
Vashington mintaqaga nisbatan siyosatini belgilaganda, ularning xohish-irodasini hisobga olishga majbur, deydi u, aks holda hech narsaga erisha olmaysiz.
Your browser doesn’t support HTML5